MagicSoft kompaniyasi tomonidan dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun 6 oylik bepul kursda ishtirok etish va kurs yakunlangandan soʻng soatiga $10 maoshga ega bo'lish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 Okt, 2021 · Muddat tugagan

MagicSoft kompaniyasi tomonidan dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun 6 oylik bepul kursda ishtirok etish va kurs yakunlangandan soʻng soatiga $10 maoshga ega bo'lish imkoniyati

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

MagicSoft kompaniyasi dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun 6 oylik bepul kurslarni taqdim etadi. Ushbu kurs Oʻzbekistondagi boshqa dasturlash kurslaridan mutlaqo farqli boʻlib, yosh dasturchilar har kuni 8 soat davomida kuchli mutaxassislar tomonidan olib boriladigan darslarda ishtirok etish bilan birga, har hafta Upwork.com saytida real proyekt qilish kabi imkoniyatlarga ega boʻladilar.

Kurslar 2 yoʻnalishda olib boriladi:

  1. Frontend (EmberJs, bu faqat top kompaniyalar ishlatadigan framework);
  2. Backend (Ruby on Rails, NodeJs, ExpressJs).

MagicSoft kompaniyasi tomonidan ushbu kurs uchun 100 ta grant ajratilgan.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Ushbu kursda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob lozim:

  • Nomzod oliy oʻquv yurtining birinchi yoki ikkinchi kurs talabasi boʻlishi kerak. Talabalikka qabul qilinmaganlar ham ishtirok etishi mumkin;
  • Har kuni kamida 8 soat davom etadigan darslarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini B1 darajada bilishi shart (sertifikat talab qilinmaydi);
  • Dasturlashga yuqori darajada qiziqish va intilishga ega boʻlishi kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Har kuni kamida 8 soat senior dasturchilar bilan boʻladigan 6 oylik darslarda bepul ishtirok etadilar;
  • Upwork.com da har hafta bitta real proyekt ustida ishlaydilar;
  • 24 soat ishlab turuvchi ofis, 100 Mbit/s internet, agar shaxsiy kompyuter boʻlmasa, kompyuter bilan ham taʼminlanadilar;
  • Kurs yakunlangandan soʻng jamoada ishlash eng kamida soatiga 10$ dan maosh olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Darslar Javascript tili asosida o'tkaziladi

Topshirish jarayoni

Ushbu kursda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Eslatma! Talabgorlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar telegramdagi ushbu guruh yoki Magicsof.uz sayti orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha savollar uchun guruh admini Umid Rustamovga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5

O‘zbekiston MagicSoft kompaniyasi tomonidan dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun 6 oylik bepul kursda ishtirok etish va kurs yakunlangandan soʻng soatiga $10 maoshga ega bo'lish imkoniyati
28 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.