Tavsif
Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Erasmus Mundus dasturi Economic Policies for the Global transition (EPOG+) magistrlik dasturi eʼlon qilinadi. Dastur siyosatning oʻzaro bogʻliqligini kengroq tushunish bilan birga iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash, muayyan sohalarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar hamda yuqori malakali tadqiqotchilarni jalb qiladi. Dastur qabul qilingan talabalarga oyiga €1,400 stipendiya berish bilan bir qatorda kontrakt toʻlovi hamda boshqa xarajatlarni qoplaydi.
Dasturda ixtisosliklari boʻyicha quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
- Major A (Knowledge, innovation and the digital transition)
- Major B (Macroeconomics, finance and socioeconomic transition)
- Major C (Development, sustainable development and the ecological transition)
Dastur 2 yil davom etadigan 4 semestrdan iborat boʻlib, bunda talabalar oʻzlari tanlagan ixtisoslik boʻyicha hamda Parij shahridagi oliygohlarda oʻqishadi. Bu haqida quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin. Shuningdek, qabul qilingan talabalar quyidagi universitetlardan 3 tasida tahsil olishadi:
- Université de Technologie de Compiègne
- Sorbonne Université
- Université de Paris
- Università degli studi di Torino
- Università degli studi Roma Tre
- Hochschule für Wirtschaft und Recht Berlin
- Wirtschaftsuniversität Wien
- University of the Witwatersrand
Dastur davomida nimalar oʻtilishi haqida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: