Tavsif
INSPIRE Potentials – MARVEL Masterʼs Fellowships ilmiy fanlar, texnologiya yoʻnalishida magistratura bosqichida oʻqiyotgan ayol-qizlar uchun Shveysariyaning NCCR (National Centre of Competence in Reserach) MARVELga tegishli laboratoriyada “Hisoblash dizayni va Yangi mahsulotlar kashfiyoti” (Computational Design and Discovery of Novel Materials) boʻyicha tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dastur turli laboratoriyalar tomonidan taqdim etilgan hisoblash mexanizmi, elektron tuzilmalarni simulyatsiya qilish, texnologiyalarni oʻrganish va maʼlumotlar bazasini yigʻish sohasida tadqiqotchi ayollar sonini koʻpaytirishni maqsad etgan. Dasturning NCCR QSIT “Kvant fanlari va texnologiyasi” boʻyicha hamkorligi mavjud.
Dastur odatda 6 oy davom etadi va muvaffaqiyatli 8 nafar ayol-qizlar oʻzlarining magistrlik tadqiqotini xalqaro muhitda olib boradi. Qolaversa, ishtirokchilar safar va tibbiy sugʻurta xarajatlari moliyalashtiriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.