Nomzod Janubiy Daniya universitetining magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirishi kerak. Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, agar nomzod universitetning topshirgan yoʻnalishiga qabul qilinsa, grant uchun ham avtomatik ravishda koʻrib chiqiladi. Ishtirokchilar Janubiy Denmark Universitetining 3 tagacha yoʻnalishiga hujjat topshirishga ruxsat beriladi. Har bir yoʻnalish uchun alohida ariza shakli toʻldiriladi. Agar nomzod uchala yoki ikkita yoʻnalishga qabul qilinsa yoʻnalishlardan birini tanlaydi. Hujjat topshirish sanasi oʻqish sentyabrdan boshlanadigan yoʻnalishlar uchun 1-mart va oʻqish fevral oyidan boshlanadigan yoʻnalishlar uchun esa 15-oktyabr.
Nomzodlardan quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:
- Diplom va uning toʻliq transkripti;
- Shu yili bitiradigan va hali diplom olmaganlar baholar transkriptini yuklashlari mumkin;
- Bakalavr yoʻnalishining tarjima qilingan va tasdiqlangan taʼrifi;
- Ingliz tilini bilishini isbotlovchi hujjat (sertifikat);
- Agar nomzod qoʻshimcha qandaydir yoʻnalishda, kursda tahsil olayotgan yoki tugatgan boʻlsa, shuni isbotlovchi hujjat;
- Qoʻshimcha hujjatlar yaʼni CV, yozma ariza va boshqa hujjatlar kerak boʻlishi yoki boʻlmasligini hujjat topshirilayotgan yoʻnalishga bogʻliq ravishda talab qilinadi. Magistratura yoʻnalishiga ariza topshirish vaqtida bilib olish mumkin.
Eslatma! Nomzod diplomi va hujjatlari ingliz, daniya tili, shvedcha va norveg tillariga tarjima qilinishi mumkin. Hujjatlar tarjimasi rasmiy jihatdan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Yevropa davlatlari fuqarosi boʻlmagan xalqaro talabalar uchun 100 yevro miqdordagi ariza topshirish toʻlovi mavjud. Toʻlov yoʻnalish uchun ariza topshirishdan avval qilinadi.
Universitetning oʻqish sentyabr oyida boshlanadigan yoʻnalishlari uchun qabul muddati oʻtib ketgan. Fevral oyida oʻqish boshlanadigan yoʻnalishlar uchun hujjat topshirishdan tortib javoblar eʼlon qilinishigacha boʻlgan muddatlar quyidagicha:
1-iyul-onlayn ariza qabul qilish boshlanadi;
1-sentyabr-xalqaro talabalarning dasturga ariza topshirish muddati yakunlanadi;
15-oktyabrdan boshlab-nomzod topshirgan hujjatlarida qandaydir kamchiliklar boʻlsa xabar beriladi;
7-noyabr-kamchiligi bor hujjatlarni toʻldirish uchun berilgan vaqt tugaydi;
1-dekabr- bakalavrni hali bitirmay baholar transkriptini topshirib turgan nomzodlarga diplomlarini topshirish uchun oxirgi muddat;
10-dekabr-natijalar eʼlon qilinadi;
15-dekabr-oʻquv joyini tanlashning oxirgi muddati;
Muhandislik sohasida magistratura-Mexatronika (MSc in Engineering — Mechatronics) haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Muhandislik sohasida magistratura-Elektronika (MSc in Engineering — Electronics (Sønderborg) haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Dasturga ariza topshirish boʻyicha video yoʻriqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Universitetga ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin.
Dasturga ariza topshirish uchun toʻlov qilish jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.