Tavsif
Erasmus Mundusʼning BIOPHAM Master Program bu toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan ikki yillik magistrlik dasturidir. Ushbu dasturda materialshunoslik, fizika va materiallar kimyosi va ularni farmatsevtikaga tatbiq etish boʻyicha yuqori darajadagi nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega malakali bitiruvchilar va xalqaro talabalar ishtirok etishi mumkin.
BIOPHAM toʻrtta tan olingan Yevropa universitetlari konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan boʻlib juda katta xalqaro kompaniyalar tarmogʻi, keng koʻlamli obyektlar va tegishli universitetlar bilan hamkorligi mavjud.
Dasturga qabul qilingan talabalar toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan Lill universiteti (Fransiya), Piza universiteti (Italiya), Sileziya universiteti universiteti (Polsha) va Kataluniya Politexnika Universiteti (Ispaniya)da bepul oʻqish bilan birga yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: