Tavsif
Fransiyaning nufuzli Université Paris-Saclay oliygohi tomonidan magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun International Masterʼs Scholarships Program IDEX dasturi tashkil etilgan.
Dasturda ushbu oliygohning istalgan magistrlik kurslaridan birida oʻqimoqchi boʻlgan va doktorantura bosqichiga qadar ilmiy ishlar orqali oʻzini rivojlantirishni niyat qilgan 30 yoshdan kichik talabalar ishtirok etishi mumkin. Magistrlik kurslari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin. Dastur tanlangan sohaga qarab 1-2 yil davomida ingliz va fransuz tillarida olib boriladi.
Dasturga qabul qilingan talabalar yillik stipendiya bilan taʼminlanadi. Ularning safar va viza xarajatlarida moddiy yordam beriladi.