Nomzodlar nafaqat dasturning talablariga, shuningdek, AgEcon dasturining talablariga ham javob berishi kerak:
DAAD EPOS Scholarship dasturiga qoʻyilgan talablar:
- Rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi boʻlish kerak (Oʻzbekiston roʻyxatda bor);
- Ariza topshirish sanasidan oldin kamida 2 yillik bakalavrdan keyingi professional ish tajribasi boʻlishi lozim;
Muhim: Universitet yoki ilmiy-tadqiqot institutida oʻqitish yoki ilmiy tadqiqot olib borish kabi akademik faoliyat ushbu tashabbus uchun tegishli ish tajribasi sifatida qabul qilinmaydi. Faqat juda istisno holatlarda qabul qilinishi mumkin.
- Akademik darajalar 6 yildan eski boʻlmasligi kerak;
- Rivojlanish bilan bogʻliq motivatsiya va niyatlar boʻlishi lozim;
- Ariza topshirish muddati boʻyicha Germaniyada 15 oydan ortiq yashamagan boʻlishi shart.
AgEcon Program dasturiga qoʻyilgan talablar:
- Oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori natijalarga ega tegishli yoʻnalish boʻyicha bakalavr darajasi;
- Qabul qoidalarida batafsil bayon etilgan ingliz tilini bilish darajasining rasmiy isboti. IELTS Academic (umumiy ball 6,5), TOEFL iBT (90).
Eslatma: Universitetdan olingan til darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yetarli hisoblanmaydi. Hatto nomzod butun universitet davri davomida (masalan, Nigeriya, Gana, Keniya, Efiopiya, Hindiston va boshqalar) ingliz tilida oʻqigan boʻlsa ham, rasmiy ingliz tili testining natijasini taqdim etishi shart!
- Bakalavriat bosqichida statistika va iqtisodiyot fanlari boʻyicha oʻquv kurslari oʻtilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- AgEcon PreTest orqali oʻzini oʻzi baholashni tasdiqlovchi hujjat.
Qabul qilishning batafsil qoidalarini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: rasmiy (nemis tilida) (PDF); maʼlumot uchun (ingliz tilida) (PDF).