Tavsif
Erasmus Mundus Joint Masters Degree in GENIAL (GrEen NetworkIng And cLoud computing) Yevropaning nufuzli universitetlarida informatika, kommunikatsion texnologiyalar kabi yoʻnalishlarda magistratura bosqichini davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Ushbu dastur yetakchi dasturiy muhandislari kelajak avlod uchun qulay va samarali boʻlgan axborot va kommunikatsion texnologiyalarni ishlab chiqishni maqsad qilgan. Bunda asosiy eʼtibor atrof-muhit muammolarini hal etishga qaratilgan.
Dasturga qabul qilingan talabalar 3 semestr davomida quyidagi universitetlarda taʼlim oladilar:
- 1-semestr — University of Lorraine (Fransiya) oliygohida green networking (atrof-muhitni yaxshilash) yoʻnalashi boʻyicha;
- 2-semestr — Leeds Beckett University (Buyuk Britaniya) oliygohida green ICT (atrof-muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi axborot va kommunikatsion texnologiyalar) yoʻnalishi boʻyicha;
- 3-semestr — Luleå University of Technology (Shvetsiya) oliygohida cloud computing (bulutli hisoblash) yoʻnalishi boʻyicha.
Ushbu universitetlar va yana 30ta hamkor tashkilotlar koʻmagida 4-semestr davomida talabalar AKT boʻyicha magistrlik dissertatsiyasini yoqlaydi va ushbu sohaning kelajakdagi rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshadi. Dastur tarkibiy qismlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar quyidagi 3 xil diplomga ega boʻladilar:
- Masters in Complex System Engineering with specialization track in Networking, Signals and Green ICT: University of Lorraine (Frasiya);
- Masters in Information and Technology with a specialised route in Sustainable Computing: Leeds Beckett University (Buyuk Britaniya);
- Masters in Computer Science with specialism in Pervasive Computing and Communications for Sustainable Development: Luleå University of Technology (Shvetsiya).
Bundan tashqari, talabalar barcha hamkor universitetlar va tashkilotlarning qoʻshma diplom ilovasiga ega boʻlishadi. Dastur davomida talabalarning safar va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: