Uppsala University Global Scholarship dasturiga ariza topshirish istagida boʻlgan nomzodlar ikki bosqichdan iborat shaklda hujjat topshirishi kerak.
1-bosqich: Magistratura dasturiga hujjat topshirish
- Nomzod Uppsala universiteti magistratura bosqichida oʻqish uchun ushbu saytda keltirilgan oʻquv dasturlaridan birini tanlab ariza topshirishi kerak;
- 2026-yil kuzgi semestrda boshlanadigan dasturlar uchun 2025-yil 16-oktyabrdan 2026-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda onlayn ariza topshirish talab etiladi;
- Arizalar ushbu saytda topshirilganidan soʻng, arizachiga sakkiz raqamdan iborat shaxsiy ariza raqami taqdim etiladi. Grant dasturiga ariza topshirishda ushbu raqam kerak boʻlishini inobatga olib, ariza raqamini saqlab qoʻyish talab etiladi.
Eslatma: Agar nomzodning arizasi ushbu saytda qabul muddatidan kechikib topshirilgan deb topilsa, u holda nomzod Uppsala University Scholarship dasturiga hujjat topshira olmaydi.
Magistratura dasturiga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havoladan bilib olish mumkin.
2-bosqich: Grant dasturiga onlayn ariza topshirish.
Oʻquv dasturi uchun (magistratura bosqichi nazarda tutilmoqda) ariza topshirish muddati tugagandan soʻng, Uppsala University Global Scholarship dasturi uchun ariza topshirish jarayoni boshlanadi. Taʼkidlash kerakki, Uppsala universitetida tahsil olish uchun va universitet taklif etadigan grantlar uchun ariza topshirish ikki xil jarayon hisoblanib, har biriga alohida shaklda ariza topshirish talab etiladi.
2025-yil 16-yanvardan 2-fevralgacha boʻlgan muddatda Uppsala University Global Scholarship dasturiga onlayn shaklda ariza topshirish mumkin.
Uppsala University Global Scholarship dasturiga onlayn arizani toʻldirish mobaynida nomzoddan hech qanday hujjat topshirishi soʻralmaydi. Ariza shaklida quyidagi maʼlumotlarni kiritish talab etiladi:
- shaxsga oid maʼlumotlar;
- nomzod birinchi tanlov sifatida tanlagan magistratura bosqichi dasturi;
- ushbu saytda berilgan maxsus ariza raqami;
- qaysi grant dasturiga ariza topshirayotganligi;
- nima uchun ushbu grant gʻolibi boʻlishga munosib ekanligini ifodalab beradigan motivatsion xat. Shuni aytish muhimki, nomzod yozgan motivatsion xat 350 soʻzdan oshmasligi va grant dasturida keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Maqbullik shartlariga (eligibility criteria)ga toʻla mos kelgan nomzod Uppsala Universiteti taklif etadigan bir nechta grantlarga ariza topshirishi mumkin. Ammo yodda saqlash kerakki, nomzod topshirgan grant dasturlaridan faqatgina bittasining gʻolibi boʻla oladi.
Uppsala Universiteti grant dasturlariga ariza topshirish bepul hisoblanadi, lekin universitetning ushbu saytidagi oʻquv dasturlariga (bakalavr yoki magistratura) hujjat topshirishda ariza topshirish toʻlovi mavjud.
Grant dasturi qabul komissiyasi kechikib topshirilgan arizalarni qabul qilmasligini inobatga olib, nomzoddan grant dasturiga ariza topshirishda belgilangan qabul muddatlariga ahamiyat berishi va oʻz vaqtida topshirishi soʻraladi.
Eslatma: Agar nomzod quyidagi talablarga toʻgʻri kelmasa, grant dasturiga ariza topshirishi tavsiya etilmaydi:
- Uppsala Universitetiga qabul qilinish talablariga javob bermasa;
- ushbu saytda keltirilgan oʻquv dasturlaridan birini birinchi tanlov sifatida tanlab ariza topshirmagan boʻlsa.
Grant dasturiga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola bilib olish mumkin.