Tavsif
Dunyoning istalgan burchagidan tashrif buyuruvchi, yoshi, tili, dini va irqidan qat’i nazar, ijtimoiy-gumanitar sohada magistratura bosqichini Xitoyda o‘qishni orzu qilgan barcha qiziquvchilarni Yenching akademiyasi grant asosida Pekin universitetida o‘qishga chorlaydi.
Har yili 120 ta talaba grant asosida o‘qishga qabul qilinadi, ular orasidan xalqaro talabalarning ulushi 75%ni tashkil etadi.
Ingliz tilini yaxshi bilgan hamda bakalavr diplomiga ega yoshlar Pekin universiteti taklif qiluvchi 6 ta yo‘nalish (Iqtisodiyot va menejment; tarix va arxeologiya; falsafa va dinshunoslik; siyosat va xalqaro munosabatlar; huquq va jamiyat; adabiyot va madaniyat) bo‘yicha tadqiqotlarini amalga oshirishi mumkin.
Dasturning bosh maqsadi - Xitoy tadqiqotlari bo‘yicha magistrlik dasturi orqali Xitoy va butun dunyo o‘rtasida ko‘prik qurish, Xitoyni va uning dunyodagi o‘rni - o‘tmishi, hoziri va kelajagini o‘rganish mumkin bo‘lgan intensiv ta’lim muhitini yaratish, Xitoy fuqarolari haqida yangi tushunchaga ega bo‘lgan yangi avlod vakillarini shakllantirishdir.
Dastur Yenchin akademiyasi tomonidan to‘la moliyalashtiriladi (bepul o‘qish, turarjoy, stipendiya va b.). Dasturga qabul qilingan talabalar nafaqat sifatli ta’lim, madaniyatlararo va akademik almashinuvga ega bo‘ladilar, balki shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun ham noyob imkoniyatni qo‘lga kiritadilar.
Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.