Tavsif
Yaponiyaning nufuzli oliygohlaridan biri Tsukuba universitetida magistratura bosqichini oʻqimoqchi boʻlgan Markaziy Osiyo va Ozorbayjon yoshlari uchun maxsus Special Program in Japanese and Eurasian Studies dasturi tashkil etilgan. Dasturdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning barqaror rivojlanish masalalarini oʻrganish va ularni rivojlantirishdan iborat.
Ushbu dasturda jami 10 nafargacha ishtirokchi 18 oy davomida Nippon Foundation Central Asia (NipCA) tomonidan toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqishga muvaffaq boʻladi.
Dasturda ishtirokchilar Tsukuba universitetining biznes, gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqidi. Talablar 50 dan ortiq ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarda berilgan davlatlarning xalqaro aloqalari va global muammolarini oʻrganish va ularni tahlil qilish imkoniga ega boʻladi.
Dasturning avvalgi ishtirokchilari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.