Tavsif
EACH (Excellence in Analytical Chemistry) — bu analitik kimyo va oʻlchash ilmlarini keng va xilma-xil yoʻnalishlarda qamrab oladigan ikki yillik Erasmus Mundus Joint Masterʼs Programme dasturi hisoblanadi.
Dastur analitik kimyo sohasida sanoatda (oziq-ovqat, farmatsevtika, materiallar, energetika va boshqalar) hamda kimyoviy tahlil laboratoriyalarida (atrof-muhit, oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash va boshqalar) butun dunyo boʻylab ishlashga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Dastur 4 ta universitet tomonidan olib boriladi:
- University of Tartu (UT, coordinator), Estonia;
- Uppsala University (UU), Sweden;
- University Claude Bernard Lyon 1 (UCBL), France;
- Åbo Akademi University (AAU), Finland.
2026-yilgi qabul uchun 1-qabul davrida (2025-yil 5-noyabr-2026-yil 5-yanvar) EACH dasturi doirasida Erasmus Mundus stipendiyalari, kontrakt toʻlovidan ozod etilgan (tuition-waiver) oʻrinlar hamda toʻlov-kontrakt asosidagi oʻqish oʻrinlari taklif etiladi.
Saralanganlar Estoniyaning Tartu universitetida 2026-yil 31-avgustdan oʻqishni boshlashadi. Dastur tili ingliz tili, shu bilan birga ishtirokchilar taʼlim muassasasi joylashgan davlatlardan birining milliy tilida muloqot qilishni ham oʻrganadilar.
Maʼlumot uchun: Dastur bitiruvchilarning 80% i bitirgandan soʻng atigi bir necha oy ichida ish bilan taʼminlanadi. Masalan: yirik kompaniyalarning tadqiqot va ishlanmalar (R&D) boʻlimlarida, kimyo va farmatsevtika sanoati laboratoriyalarida, shuningdek sogʻliqni saqlash, isteʼmolchilar va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida.
Tartu universiteti (UT) eng koʻp eʼtirof etilgan universitet boʻlib, kimyo sohasida ilmiy muassasalar ichidagi eng yuqori deb topilganlarning 1% i qatoriga kiradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.