Magistratura bosqichini Yevropaning to’rt shahrida o’qish imkonini beruvchi xarajatlari to‘liq qoplanadigan Erasmus Mundus GLOBED dasturi
Yevropa Yevropa
20 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Magistratura bosqichini Yevropaning to’rt shahrida o’qish imkonini beruvchi xarajatlari to‘liq qoplanadigan Erasmus Mundus GLOBED dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

The Erasmus Mundus Joint Master in Education Policies for Global Development (GLOBED) dasturi xalqaro talabalarga 2023-2029 o‘quv yillari uchun globalizatsiya, ta’lim va xalqaro  rivojlanish sohalarida grant ajratgan. Dastur magistratura sohasini o‘qishga mo‘ljallangan bo‘lib, 2 yil, ya’ni 4 semestr davom etadi. O‘qishning har bir semestri Yevropaning turli universitetlarida tashkil qilinadi. Dasturga bakalavr bosqichini ta’lim fanlari (asosan sotsiologiya, ijtimoiy/madaniy antropologiya, siyosiy fanlar, inson geografiyasi va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari)da tahsil olgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Nomzodlardan til bilish sertifikati ham talab qilinadi. Saralash jarayoni nomzodlarning akademik yutuqlari, motivatsion xati, baholari, insho, tadqiqot tajribasi va ish tajribasi (agar bo‘lsa)ga asoslanadi. Tanlab olingan nomzodlarga millati va fuqaroligidan qat’i nazari 2 yil davomida oyiga 1.400 yevrodan stipendiya beriladi, shuningdek, turar-joy, transport va joylashish xarajatlari, universitetlarga joylashish va barcha sug‘urta xarajatlari ham qoplanadi. 

Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 21-fevralgacha davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturga bakalavr bosqichini ta’lim fanlari (asosan sotsiologiya, ijtimoiy/madaniy antropologiya, siyosiy fanlar, inson geografiyasi va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari)da o‘qigan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari lozim. GPA kamida 4 dan 2.75 bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlardan quyidagi til bilish sertifikatlaridan biri talab qilinadi: 

-TOEFL: 90 (yozish darajasi kamida 24 bo‘lishi kerak);

-Cambridge Proficiency Examination Advanced Certificate: kamida C1;

-IELTS (Academic): kamida 7 (har bir bandi 6.5 bo‘lishi kerak). 

Eslatma! Dasturga ariza topshirishdan avval til darajasi va sertifikatlar bo‘yicha qo‘shimcha talablar bilan ham tanishib chiqish lozim. Saralash jarayoni nomzodlarning akademik yutuqlari, motivatsion xati, baholari, insho, tadqiqot tajribasi va ish tajribasi (agar bo‘lsa)ga asoslanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud: 

  • Saralab olingan nomzodlarga millati va fuqaroligidan qat’i nazar 2 yil davomida har oy 1.400 yevro miqdorida stipendiya beriladi;
  • Dastur turar-joy, transport va joylashish xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi;
  • Shuningdek, dastur to‘rtta universitetda ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini va butun dunyo bo‘ylab amal qiluvchi tibbiy sug‘urtani ham qoplab beradi.

Dastur foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 

  • Pasport nusxasi;
  • Nomzodning qobiliyati va tajribasini aks ettirgan Europass formatidagi CV (CV aynan Europass formatida bo‘lishi shart);
  • Diplom va uning transkripti (diplom asl tili va ingliz/ispan tiliga tarjimasi);
  • Til sertifikati;
  • Motivatsion xat (bir betdan oshmasligi kerak);
  • Academic Board tomonidan taqdim etilgan mavzuda yozilgan insho (kamida bir bet). 

Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 13-yanvardan 21-fevral 03:59 gacha davom etadi. 

Ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin. 

Globed jamoasi haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Muhim sanalar: 

  • 2025-yil 13-yanvar-21-fevral 03:59 - Ariza topshirish jarayoni;
  • 2025-yil 21-fevral-5-aprel - Saralash jarayoni;
  • 2025-yil 10-aprel- Saralash komissiyasi uchrashuvi (onlayn);
  • 2025-yil 16-aprel- Dastlabki saralash natijalari e’lon qilinadi;
  • 2025-yil 16-aprel-18-aprel 03:59- Saralashdan o‘tmagan nomzodlar uchun appelyatsiya berish imkoniyati;
  • 2025-yil 21-aprel-25-aprel- Dastlabki saralashdan o‘tgan nomzodlar uchun onlayn intervyu bosqichi;
  • 2025-yil 29-aprel- Yakuniy natijalar e’lon qilinishi;
  • 2025-yil 30-aprel- Yakuniy natijalar Yevropa agentligiga jo‘natilishi. 

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ma’lumot olish mumkin: 

-Facebook;

-Instagram;

-LinkedIn;

-Twitter. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7

Yevropa Magistratura bosqichini Yevropaning to’rt shahrida o’qish imkonini beruvchi xarajatlari to‘liq qoplanadigan Erasmus Mundus GLOBED dasturi
20 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.