Dasturga ushbu havola orqali ariza topshiriladi.
Magistratura dasturi uchun:
- Germaniyadagi universitetga qabul qilinganlik boʻyicha xat (acceptance letter);
- CV;
- Jamoat tashkilotlariga aʼzo boʻlganligi boʻyicha maʼlumot (masalan, NNTlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, uyushmalar, universitet qoʻmitalaridan biriga aʼzo boʻlgan boʻlish kerak);
- Maʼruzachilar/professorlar/universitet oʻqituvchilari tomonidan nomzodning oʻqish qobiliyati haqida tavsiyanoma;
- Yakuniy baholari bilan birga universitet diplomi (agar bakalavr diplomi hali mavjud boʻlmasa, akademik transkript va universitetdan bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlaganligi haqidagi tasdiqnoma tорshirish kerak. Bakalavr diрlоmi 2024-yil 1-noyabrgacha topshirilishi mumkin.;
- Nomzod qabul qilingan oʻquv dasturining odatdagi oʻqish muddatini koʻrsatadigan oʻquv yoʻriqnomasidan koʻchirma;
- Pasport nusxasi;
- Viza yоki Germaniyada yashash uchun ruxsatnomadan nusxa;
- Nemis tili boʻyicha B2 til sertifikati.
Magistratura dasturi boʻyicha kerakli hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Doktorantura dasturi uchun:
- Germaniyadagi universitetga qabul qilinganlik boʻyicha xat(acceptance letter);
- CV;
- Universitet diplomi;
- Jamoat tashkilotlariga aʼzo boʻlganligi boʻyicha maʼlumot (masalan, NNTlar, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, uyushmalar, universitet qoʻmitalaridan biriga aʼzo boʻlgan boʻlish kerak);
- Nomzod ilmiy rahbari tomonidan tavsiyanoma;
- Nomzod dissertatsiyasi bilan tanish boʻlgan professor yoki universitet oʻqituvchisi tomonidan tavsiyanoma;
- Pasport nusxasi;
- Germaniyada yashash uchun ruxsatnomadan nusxa (agar avvaldan mavjud boʻlsa);
- Nemis tili boʻyicha B2 til sertifikati;
- Qabul qilishni tartibga soluvchi doktorantura toʻgʻrisidagi nizomdan koʻchirma;
- Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy qiymati haqida maʼlumot.
Ushbu maʼlumot quyidagilar oʻz ichiga olgan tartibda PDF shaklda boʻlishi kerak:
1.Nemis tilida qisqa umumiy maʼlumot( maksimal 4000 ta belgidan iborat boʻlishi kerak). Bu quyidagi savollarga ketma-ket javob bergan holatda yoritib berilishi kerak:
- Ilmiy ishingiz qanday ilmiy sohada?
- Tadqiqotingiz savoli qanday?
- Nimalarni inkor etmoqchisiz? / Nimalarni isbotlamoqchisiz?
- (gipotezalar/tezislar)
- Qaysi ilmiy usulni tanlaysiz va nima uchun?
- Siz asosan nazariy, empirik (sifat, miqdoriy) yoki ikkalasi bilan ishlaysizmi? Suhbatning aniq doirasini va hokazolarni koʻrsating!
- Nazariya va empirizm qanday qilib mutanosib ravishda boʻladi?
- Maqsadli umumiy ish hajmi (sahifalar soni)
- Tadqiqot savoliga mos ravishda javob berib amalga oshirish;
2. Ushbu shaklda sharhlangan mundarija (Commented table of contents) (maksimal 4000 belgi).
3.Tadqiqot haqida toʻliqroq maʼlumot. Bu quyidagi savollarga ketma-ket javob bergan holatda yoritib berilishi kerak:
- Tadqiqot savoli(3000 belgi);
- Tadqiqot loyihasining ilmiy ahamiyati(5000 belgi);
- Nazariy asos va uslubiy amalga oshirilishi (6000 belgi);
- Doktorlik loyihasining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati (2000 belgi);
- Tayyorgarlik ishlari, joriy ish holati (2000 belgi);
- Dissertatsiya uchun tegishli adabiyotlar (3000 belgi, bu foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatini anglatmaydi);
3. Ushbu shaklda ish rejasi va jadvali.
4.Nashrdan chiqqan maqolalar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa).
- Barcha hujjatlar PDF shaklida topshiriladi.
- Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tillarida boʻlishi kerak.
Doktorantura dasturi boʻyicha kerakli hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Dasturga hujjat topshirish haqidagi batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.