Tavsif
YUNESKO homiyligida magistratura talabalari uchun Shveysariyada xarajatlari qoplanadigan Lucerne Summer University: Ethics in a Global Context LSUE dasturi taqdim etiladi. Jami 20 nafar nomzod saralab olinishi rejalashtirilgan.
Dastur yosh talabalarga bugungi va ertangi kunning axloqiy masalalarini akademik sohalar, madaniyat va dinlar chegarasidan tashqarida oʻrganish hamda birgalikda muqobil yechimlarni izlash imkoniyatini yaratadi.
Jamiyatga barqaror taʼsir koʻrsatish uchun quyidagi maqsadlar koʻzlangan:
- Ishtirokchilar axloqiy qiyinchiliklarga qanday munosabatda boʻlishni oʻrganishlari uchun axloqshunoslikda qoʻllaniladigan maxsus usul va vositalarni oʻrgatish (oʻz sohalari boʻyicha);
- Ish muhitida axloqiy savollar va mavzularni hal qilish hamda boshqalarga maslahat berish imkonini berish;
- Koʻnikmalarni butun dunyo boʻylab birlashtirish uchun global tarmoqni yaratish;
- Ishtirokchilarda oʻz sohasi boʻyicha kerakli axloqiy sifatlarni shakllantirish uchun maxsus bilimlar berish.
Dastur 2026-yil 8-maydan 13-maygacha oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.