Magistratura talabalari uchun  xalqaro Advancing Development Goals Contest tanlovida ishtirok etish va Shveytsariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati
Shveytsariya Shveytsariya
19 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Magistratura talabalari uchun xalqaro Advancing Development Goals Contest tanlovida ishtirok etish va Shveytsariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Turli istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashish va innovatsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida Elchi Jenö Staehelinning saxovatli koʻmagi bilan Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Graduate Institute Geneva tomonidan 2014-yilda magistratura talabalari uchun xalqaro Advancing Development Goals Contest tanlovini tashkil etilgan.

Har yili ushbu tanlovda dunyoning istalgan nuqtasidan kelgan magistratura talabalari turli global muammolarga nazariy jihatdan asoslangan pragmatik yechimlar taklif qilishadi. Tanlovning oʻtgan yilgi mavsumlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Tanlovning ushbu mavsumi “The Challenges of Poverty Reduction”“Qashshoqlikni qisqartirish muammolari” mavzusida boʻlib oʻtadi va ishtirokchilar jamoa boʻlib mavzuga har tomonlama yondashgan holda oʻz takliflari bilan qatnashishlari mumkin. Takliflar ushbu mavzu doirasida boʻlishi kerak:

  • Poverty — qashshoqlik;
  • Social exclusion — ijtimoiy orqada qolish;
  • Vulnerability to climate-related extreme events and other economic, social and environmental shocks and disasters — Iqlim bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vaziyatlar;
  • Fragile and conflict situations - qaltis va ziddiyatli vaziyatlar;
  • Tech poverty - texnik qashshoqlik;
  • Employment, informal work and youth unemployment - Bandlik, norasmiy mehnat va yoshlar ishsizligi;
  • Educational and learning poverty - taʼlim tizimidagi kamchiliklar;
  • Gender inequalities - jendr tengligi;
  • Vulnerable populations - aholi salomatligi;
  • Urban poverty - shahardagi muammolar.

Tanlovning final bosqichiga chiqqan 5 ta jamoa 2022-yil noyabr oyi oxirida Jenevaga oʻz loyihalari taqdimoti va taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun taklif etiladi. Barcha xarajatlar tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi. Gʻoliblarga pul mukofoti topshiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyilgan talablar:

  • Tanlovda dunyo boʻylab barcha magistr talabalari ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchilar kamida 2 xil yoʻnalishda istiqbolli gʻoyaga ega boʻlgan 3-5 kishidan iborat jamoa tuzishi kerak. Jamoada barcha magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi shart. Istisno tariqasida, ariza topshirish paytida magistraturaga qabul qilingan talabalar ham qatnashishlari mumkin;
  • Global muammolar, jumladan, qashshoqlikni qisqartirish boʻyicha nazariy jihatdan asoslangan pragmatik yechim tavsiya eta olishlari kerak;
  • Takliflar ingliz yoki fransuz tillarida qabul qilingani bois ushbu tilladan birini mukammal bilish lozim.

Tanlov shartlari va talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Final bosqichiga har bir qitʼadan bittadan jami 5 ta jamoa taklif etiladi:

  • Afrikada joylashgan universitetlar;
  • Osiyoda joylashgan universitetlar;
  • Yevropada joylashgan universitetlar;
  • Shimoliy Amerika va Okeaniyada joylashgan universitetlar;
  • Janubiy Amerikada joylashgan universitetlar.

Final bosqichiga chiqqan 5 ta jamoa 2022-yil noyabr oyi oxirida Jenevaga oʻz loyihalari taqdimoti va taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun taklif etiladi. Borish-kelish, viza va turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Bundan tashqari, gʻoliblarga pul mukofoti ham topshiriladi. Mukofot jamgʻarmasi jami 25,000CHF (~27,000$) ni tashkil etadi va final bosqichi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrinni egallagan jamoa 10,000CHF (~10,890$);
  • 2-oʻrinni egallagan 2 ta jamoa har biriga 5000CHF (~5440$);
  • 3-oʻrinni egallagan 2 ta jamoa har biriga 2500CHF (~2700$);

Final ishtirokchilari ishlari xalqaro forumlarda, jumladan, Youth Solutions platformasi, BMT Barqaror rivojlanish yechimlari yoshlar tarmogʻida targʻib etiladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun jamoa aʼzolari avval onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Shundan soʻng oʻz loyiha va takliflarini geneva.challenge@graduateinstitute.ch elektron manzilga yuborishlari kerak. Bunda quyidagilarga eʼtibor qaratilishi lozim:

  • Ariza topshirishda bitta abstrakt va bitta loyiha taqdim etilishi kerak. Abstrakt 1 sahifadan iborat boʻlishi, unda jamoa aʼzolari va loyiha haqida qisqa maʼlumot aks etishi lozim;
  • Loyihalar maksimum 8000 soʻzdan iborat boʻlishi, ingliz yoki fransuz tilida bayon etilgan boʻlishi kerak;
  • Taqdim etilayotgan ishlar nazariy jihatdan tahlil qilingan, ijodiy va tanqidiy yondashilgan, qolaversa, rivojlanishga asoslangan boʻlishi kerak;
  • Gʻoyalar original boʻlishi shart. Ishlar plagiat tekshiruvidan oʻtkaziladi.

Eslatma! Roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 20-aprelgacha davom etadi. Loyihalarni taqdim etish oxirgi muddati esa esa 2022-yil 13-iyul.

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash jarayoni. Taqdim etilgan materiallar fanlararo akademik boshqaruv qoʻmitasi tomonidan baholanadi. Har bir qitʼadan saralangan 5 nafar jamoa (COVID-19 cheklovlariga rioya qilgan holda; sayohat va turar joy xarajatlari qoplanadi) Jenevada boʻlib oʻtadigan ogʻzaki taqdimotga taklif qilinadi. Ular oʻz gʻoyalarini himoya qiladilar va hakamlar hayʼati va jamoatchilikning savollariga javob beradilar. Finalchilar, shuningdek, tanlov natijalari eʼlon qilinadigan taqdirlash marosimida ishtirok etadilar.

Saralash natijalari 2022-yil avgust-sentyabr oylarida eʼlon qilinadi.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Magistratura talabalari uchun xalqaro Advancing Development Goals Contest tanlovida ishtirok etish va Shveytsariyaga bepul sayohat qilish imkoniyati
19 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.