Magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun xalqaro Zurich Enterprise Challenge tanlovi. Bosh mukofot — CH5000
Shveytsariya Shveytsariya
25 Iyn, 2022 · Muddat tugagan

Magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun xalqaro Zurich Enterprise Challenge tanlovi. Bosh mukofot — CH5000

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Zurich Enterprise Challenge tanlov uch bosqichdan iborat jamoaviy xalqaro musobaqa boʻlib, tanlovda butun dunyo bo'ylab magistrlar, MBA yoki PhD bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirokchilar ijtimoiy muammolarga oʻzlarining yechimlarini taqdim etish orqali ishtirok eta oladilar.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich – Qualification (2022-yil 21-mart — 26-iyun). Bunda ishtirokchilar umumiy muammoga 6 minutlik video orqali yechim taklif etishlari kerak boʻladi. Tanlovga video yuklash qoidalari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.  Ishtirokchi jamoalarning loyihalari biznesga mosligi, qoʻllanilishi va kreativligiga asosan saralab olinadi;
  • 2-bosqich – Collaboration (2022-yil iyul — oktyabr). Bunda eng yaxshi jamoalar Zurich tashkilotining tanlangan transmilliy korporativ mijozi bilan haqiqiy korporativ muammoga yechim topishlari kerak boʻladi;
  • 3-bosqich – Finalization (2022-yil dekabr- 2023-yil boshi). Ushbu bosqichda gʻolib boʻlganlar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov gʻolib jamoalari 500 dan ortiq kompaniyalarda ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritishlari mumkin. Oʻtgan yillardagi hamkor kompaniyalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • Tanlovda dunyo boʻylab barcha magistratura va doktorantura talabalari 3-4 kishilik jamoa tarzida ishtirok etishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar menejment, moliya, strategiya va risklar (xatarlar) boshqaruvi yoki shunga oʻxshash sohalarga qiziqishi kerak;
  • Bitta universitetdan bir nechta jamoa ishtirok etishlari mumkin;
  • Tanlov ingliz tilida olib borilgani sababli ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Gʻolib jamoa CHF5000 (~$5200) pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • 2-oʻrinni egallagan jamoaga CHF2000 (~$2070) miqdorida pul mukofoti topshiriladi;
  • Eng yaxshi jamoa aʼzolari Zurich, CBRE, Mars yoki Nestlé kabi mashhur 500 dan ortiq kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin;
  • Tanlovning faol ishtirokchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Tanlov manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun 3-4 kishilik jamoalar oʻzlariga jamoa sardori tayinlashlari va onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Roʻyxatdan oʻtishda muammoga duch kelgan taqdirda riskroom@zurich.com elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Tanlov bosqichlari va ularning oʻtkazilish tartibi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim! Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishdan avval ushbu havola orqali tanlov shartlari va qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish shart.

Qo'shimcha ma'lumot

Baholar jarayoni. Zurich tashkiloti hakamlari tomonidan arizalar koʻrib chiqiladi va eng yaxshi ishlar keyingi bosqichga oʻtkaziladi.

  • 1-bosqichdan oʻtgan jamoalar 2022-yil 8-iyulga qadar email orqali eʼlon qilinadi;
  • 2-bosqichda ishtirokchilar haqiqiy muammolarga yechim topishlari va 20 daqiqalik taqdimot topshirishlari kerak boʻladi. Shundan soʻng ishtirokchilar hakamlarning 10 daqiqa davom etuvchi onlayn savol-javob konferensiyasida ishtirok etishlari kerak. 2-bosqich gʻoliblari 2022-yil 5-dekabr sanasigacha eʼlon qilinadi.

Tanlov haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: riskroom@zurich.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun xalqaro Zurich Enterprise Challenge tanlovi. Bosh mukofot — CH5000
25 Iyn, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.