Tavsif
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA-Korea International Cooperation agency) va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligidagi qoʻshma loyiha Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi grantni eʼlon qiladi. Ushbu loyiha asosiy infratuzilmalarning sifatini oshirish va texnologiyalarni takomillashtirish orqali Oʻzbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirishni maqsad qilgan. KOICA dasturi uchun shijoatli, tirishqoq va yaratuvchan nomzodlar saralab olinadi.
Grant gʻoliblarining barcha xarajatlari qoplanadi. Dasturning magistratura bosqichi uchun 12 ta va doktorantura uchun esa 10 ta oʻrin ajratilgan. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar bilan Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti-Kimyo texnologiyalari markazi oʻrtasida 5 yillik ish shartnomasi tuziladi. Nomzodlar ingliz tilini bilishlari va sertifikatga ega boʻlishlari shart.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.