Tavsif
Magistratura va doktorantura bosqichini Xitoy elektron fanlar va texnologiya universitetida (University of elecrronic science and technology) davom ettirishni istagan xorijlik yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun ushbu universitet tomonidan UESTC University Scholarship dasturi tashkil etilgan.
Dasturda oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuksak salohiyat va bilimga ega, akademik yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Taʼlim ingliz va xitoy tillarida olib boriladi. Nomzodlar ushbu oliygohga kirish talablariga toʻliq javob berishi lozim.
Dasturga qabul qilingan yoshlarlar toʻliq va qisman grantlarga ega boʻladi. Magistraturada oʻqish 2 yil, doktorantura esa 3 yil davom etadi