Magistratura va doktorantura talabalari uchun Osiyo Taraqqiyot bankida oylik maosh bilan amaliyot o'tash imkoniyati - ADB Internship Program dasturi
Yaponiya Yaponiya
14 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Magistratura va doktorantura talabalari uchun Osiyo Taraqqiyot bankida oylik maosh bilan amaliyot o'tash imkoniyati - ADB Internship Program dasturi

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

Asian Development Bank (Osiyo Taraqqiyot banki) tomonidan tashkil etilgan amaliyot dasturi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun tadqiqot topshiriqlari orqali tajriba orttirish imkoniyatidir. Ushbu dasturga yiliga ikki marta ariza topshirish mumkin boʻlib, unda gʻayratli, keng fikrli va yetakchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul qilingan talabalarga oylik maosh toʻlanadi va yirik xalqaro rivojlanish tashkilotida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi. Shu bilan birga ular 50 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan tajribali mutaxassislar bilan oʻz kasbiy mahoratini oshirishi, OTB amalga oshirayotgan ishlarning taʼsiri haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻlishi va tadqiqot natijalari orqali OTB biznesiga hissa qoʻshishi mumkin boʻladi.

Dasturda ishtirok etish uchun mavjud oʻrinlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod dastur davomida magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi va qaytib kelib o'qishini davom ettira olishi kerak;
  • Hozirgi oʻqiyotgan yoʻnalishi amaliyot dasturiga aloqador boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilishi lozim;
  • Dasturga doir professional ish tajribasiga ega boʻlish tavsiya etiladi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilingan talabalarga oylik maosh toʻlanadi;
  • Yirik xalqaro rivojlanish tashkilotida ishlash imkoniyati;
  • 50 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan tajribali mutaxassislar bilan kasbiy mahoratni oshirish;
  • Rivojlanish moliyasi va OTB amalga oshirayotgan ishlarning taʼsiri haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻlish;
  • Tadqiqot natijalari orqali OTB biznesiga hissa qoʻshish.

Dastur imkoniyatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga yilda 2 marta ariza topshirish mumkin:

  • 1-mavsum: 15-iyuldan 15-sentyabrga qadar (2022). Bunda dastur 2023-yil yanvar oyidan boshlanadi;
  • 2-mavsum: 1-dekabrdan (2021) 15-fevralga qadar (2023). Bunda dastur 2023-yil iyun oyidan boshlandi.

Dastur talablariga javob beruvchi nomzodlar ADB Career and Employment System (ACES) orqali ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish jarayonida nomzodlardan oʻz CV va berilgan savollarga yozilgan insholarini taqdim etishlari soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Nomzodlar ariza uchun topshira hujjatlariga asosan saralash bosqichidan oʻtkaziladi. OTB hakamlari arizalarni quyidagilar asosida baholaydi:

  • Maqbullik shartlariga mosligi;
  • Taʼlim va ish tajribasining dolzarbligi;
  • Dasturga hissa qoʻshish uchun qiziqish va motivatsiya darajasi.

Saralangan nomzodlargina dasturda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha savollar ushbu havola orqali qabul qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Yaponiya Magistratura va doktorantura talabalari uchun Osiyo Taraqqiyot bankida oylik maosh bilan amaliyot o'tash imkoniyati - ADB Internship Program dasturi
14 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.