Tavsif
Yosh olimlarni tayyorlash va yetishtirish maqsadida 2019-yilda rasmiy ravishda ishga tushirilgan Yosh iste’dodlar uchun ANSO (The Alliance of International Science Organizations) stipendiyasi har yili Xitoy Fan va Texnologiya Universiteti (USTC), Xitoy Fanlar Akademiyasi Universiteti (UCAS) yoki Xitoy Fanlar Akademiyasi (CAS) institutlarida doktorantura bosqichida o‘qish uchun 200 nafar magistratura va 300 nafar PhD talabalarini qabul qiladi.
USTC Xitoyning taniqli universiteti boʻlib 9 ta eng yaxshi universitetlardan iborat Xitoy 9 Konsorsiumining aʼzosi hisoblanadi. UCAS Xitoyda 1-oʻrinni va butun dunyo boʻylab 84-oʻrinni egallagan bo‘lib, universitetda 50 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi va ularning yarmidan ko‘pi doktorantlardir.
Dasturga qabul qilinganlar kontrakt to‘lovidan ozod qilinish bilan birga, oylik stipendiya hamda yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi.
ANSO tashkiloti haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.