Tavsif
Gvanjou ilmiy-texnika instituti (GIST) Janubiy Koreya universitetlari orasida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Magistratura va PhD bosqichini Koreyada davom ettirishni istaganlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant dasturini taqdim etadi. Magistratura bosqichi 2 yil, PhD bosqichi esa 4 yil davom etadi. Ikkala bosqich uchun jami ajratilgan grantlar soni 300 tani tashkil etadi.