Tavsif
Ilm-fan sohasida izlanishlarini yoqtiruvchi, kashfiyot qilish ishtiyoqi bilan yonuvchi, yuksak taffakurli, insoniyat tarqaqqiyoti va atrof-muhit holatiga befarq boʻlmagan talabalar uchun Janubiy Koreyaning mashur KAIST universiteti (Korea Advanced Institute of Science and Technology) magistratura va PhD bosqichlariga grant eʼlon qiladi.
Oʻqish 2025-yil bahorgi semestrdan boshlanadi.
Tabiiy fanlar, erkin fanlar (ijtimoiy-gumanitar, sanʼat, matematika va b.), bioenjeniriya, injeniriya, biznes sohalariga qiziquvchi nomzodlar ariza berish imkoniyatiga ega. Yoʻnalishlarga mos KAIST fakultetlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi.
Barcha talablarni qondirgan arizachilar oʻqishga qabul qilinibgina qolmay, oʻquv toʻlovidan ozod qilinadilar hamda oylik stipendiya bilan ragʻbatlantiriladilar.