Tavsif
Xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish va Yaponiya universitetlarida chet ellik talabalarning faol almashinuvini ragʻbatlantirish maqsadida Yaponiya Taʼlim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiya vazirligi magistratura va PhD talabalari uchun MEXT stipendiyasini taqdim etadi.
Gʻoliblar oʻqish toʻlovlaridan ozod qilinibgina qolmay, oylik stipendiya va borish-kelish uchun aviachiptalar bilan ham taʼminlanadilar. Yaponiya bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan barcha mamlakat fuqarolari, APUda oʻqish uchun qabul qilingan taqdirlarida, stipendiya uchun daʼvogarlik qila oladilar.
Maʼlumot uchun: MEXT stipendiyasi dunyo reytingida Top 300 talik universitetlar qatoriga kiruvchi Osiyo Tinch okeani universiteti (APU) da bepul oʻqish uchun moʻljallangan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.