Tavsif
Toshkent Xalqaro Maktabi (TIS) har yili, oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan 3 nafar eng iqtidorli oʻquvchilarga bepul oʻqish imkoniyatini taqdim etadi.
Toshkent Xalqaro Maktabi 3ta IB dasturlarining barchasini taklif etish huquqiga ega Oʻzbekistondagi yagona maktab hisoblanadi. Maktabni tamomlagandan soʻng, oʻquvchilar 150ta davlatda tan olinadigan International Baccalaureate(IB) diplomini qoʻlga kiritadilar.
Ushbu grant dasturi 1999-yilda tashkil etilgan boʻlib, tashkil etilganidan buyon Oʻzbekistondagi eng iqtidorli oʻquvchilarni tanlab, xalqaro maktabda tahsil olish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda. Bu yil, TIS 2022-yilning avgust oyida 10-sinfga qabul qilish uchun mahalliy maktablardagi Oʻzbekiston fuqarolaridan 3 nafariga toʻliq bepul tahsil olish imkoniyatini taklif qiladi.
Ushbu grant mukofoti oʻquvchining akademik salohiyati, moliyaviy ehtiyojiga, yozma va ogʻzaki ingliz tilidagi qobiliyatiga, munosabat va shaxsiyatiga, darsdan tashqari mashgʻulotlar va qiziqishlariga hamda maktab va oʻquvchi uchun potensial oʻzaro manfaatlarga asoslanadi.
Eslatma: Toshkent Xalqaro Maktabi ingliz tilini oʻrgatuvchi maktab emas, lekin chet tillaridan tashqari barcha kurslarda oʻquv dasturi davomida ingliz tilidan foydalaniladi.
Maktab va grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.