Bitiruvchilar oʻrtasida OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi informatika olimpiadasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
25 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Bitiruvchilar oʻrtasida OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi informatika olimpiadasi

Bakalavr Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi olimpiada boʻlib oʻtadi.

Olimpiada Robocontest tizimi va quyidagi OTMlar hamkorligida oʻtkazilmoqda:

  1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  2. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
  3. Toshkent davlat transport universiteti;
  4. Toshkent davlat agrar universiteti;
  5. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
  6. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:

  1. Maktab bosqichi — tizimda onlayn shaklda
  2. Tuman bosqichi — tizimda onlayn shaklda
  3. Yakuniy — oflayn har bir OTMning oʻzi tashkillashtiradi

I va II bosqich 2 turdan iborat boʻladi Test va Masalalardan tashkil topgan olimpiada va barchasi onlayn shaklda boʻladi.

I va II bosqich 26-28 aprel kunlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan

️Tizim faqat maktab va tuman bosqichlari uchun oʻquvchilarning OTMlarga saralab beradi. Imtiyoz berish va yakuniy bosqichni oʻtkazish OTMlar zimmasida.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda qatnashish uchun talablar:

  • 11-sinf yoki litsey/kollej bitiruvchisi boʻlishi;
  • Toshkent shahridagi maktab (litsey) oʻquvchisi boʻlishi;
  • Robocontest.uz tizimida profili mavjud boʻlishi kerak (agar avvaldan profili boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtishi lozim).

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda 1-3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar birinchi oʻquv yili uchun toʻlov OTMning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Imtiyoz quyidagi yuqorida sanab oʻtilgan OTMlar uchun amal qilinadi.

Topshirish jarayoni

Ishtirok etish uchun ushbu formani to'ldirish talab etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov haqida yangiliklarni Robocontest tizimining telegram kanalida kuzatib boring: https://t.me/robocontest.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Bitiruvchilar oʻrtasida OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi informatika olimpiadasi
25 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.