Tavsif
Xitoyning S.T. Yau High School maktabi Hong Kong Academy of Sciences akademiyasi bilan hamkorlikda S.T. Yau High School Science Award (Asia) tanlovini tashkil etgan.
S.T. Yau High School Science Award (Asia) — tadqiqot faoliyatida innovatsiya, oʻziga xoslik, kreativlik va qatʼiyat aks etuvchi tadqiqotga asoslangan tanlovdir. Tanlov oʻquvchilarda ilmiy kashfiyotga boʻlgan ishtiyoqni, tadqiqot davomida sabr-toqat va mulohaza yuritishda qatʼiylikni shakllantirishga yordam beradi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad:
- Osiyodagi oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida ilmiy tadqiqotda innovatsiya, oʻziga xoslik va ijodkorlikni ragʻbatlantirish;
- Fan va texnika sohasida yosh isteʼdodlarni yetishtirish;
- Universitet professor-oʻqituvchilari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va umumtaʼlim maktablarini ilmiy-tadqiqot faoliyatini ragʻbatlantirish;
- Turli xil madaniy va maʼrifiy muhitga ega boʻlgan oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida madaniy almashinuvni taʼminlash.
Tanlov quyidagi fanlar doirasida boʻlib oʻtadi:
- Matematika (shu jumladan, matematika va statistika);
- Fizika (shu jumladan, muhandislik fizikasi);
- Biologiya (shu jumladan, biologiya va biologik tizimlarni matematik modellashtirish);
- Kimyo (shu jumladan, kimyo va farmatsevtika fanlari);
- Kompyuter fanlari;
- Iqtisodiy va moliyaviy modellashtirish.
Tanlov yakunida gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar va 1-2-oʻrinni egallagan jamoalar Beijing shahrida oʻtkaziluvchi final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.
Tanlov bo'yicha batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
2019-2023-yillarda YHSA (Osiyo) tanloviga 20 ta mamlakat va mintaqadan jami 681 ta jamoa qoʻshildi, unda 28 ta jamoa Pekindagi YHSA finalida boshqa mintaqaviy finalchilar bilan raqobatlashish uchun tavsiya etilgan va ajoyib natijalarga erishgan. Talabalar ushbu tanlov orqali bebaho oʻrganish va foydali tajribaga ega boʻlishdi. Avvalgi mavsum ishtirokchilari va ularning yutuqlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.