Tavsif
Summer Science Camp — bu Fan Olimpiadalari Markazi va Iqtidorlar maktabi tomonidan 5–9-sinf oʻquvchilari uchun tashkil etilgan tanlov asosidagi ilmiy oromgoh hisoblanadi.
Akademik dastur yetuk ilmiy salohiyatga ega, xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarni koʻrsatgan mentorlar tomonidan olib boriladi. Dastur iqtidorli oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan taʼminlashga qaratilgan.
Dastur davomida quyidagi amaliy fanlar boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi:
- Matematika;
- Fizika;
- Kimyo;
- Biologiya;
- Raketashunoslik;
- Robototexnika va Kompyuter savodxonligi.
Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
- 1-bosqich (onlayn) — Barcha ishtirokchilar maxsus platformadan test topshirishadi.
- 2-bosqich (hududiy) — Oflayn tarzda hududiy markazlarda sinov tarzda boʻlib oʻtadi. Manzil toʻliq eʼlon qilinadi.
Dastur davomida ishtirokchilar amaliy tajriba asosida fikrlashni chuqurlashtirish va muammolarni tahlil qilish koʻnikmasini rivojlantirishlari mumkin. Oromgohda olimpiadalarga tayyorlanish boʻyicha malakali ekspertlar ishtirokida oʻquv yigʻinlar tashkil etiladi.
Oromgoh Fan olimpiadalari markazi binosida tashkil etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.