Tavsif
Respublika "Kamalak” bolalar tashkiloti, Xalq ta'limi vazirligi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan III Respublika insholar tanloviga start beradi.
Tanlov maqsadi: O‘quvchi-yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ular orasida bolalar adabiyotini keng targ‘ib qilish hamda kitobxonlikni rivojlantirish, bolalarning sevimli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev tavalludini keng nishonlash va o‘quvchilardagi insho yozish ko‘nikmasini oshirishdan iborat.
Tanlovni o‘tkazish muddati: 2022-yilning 5-dekabrdan 12-dekabr kuniga qadar maxsus bot orqali onlayn formatda tashkil etiladi.
Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.