Maktab o'quvchilari uchun "Trust for Sustainable Living" xalqaro insholar tanlovi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
08 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Maktab o'quvchilari uchun "Trust for Sustainable Living" xalqaro insholar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Trust for Sustainable Living (Barqaror Hayot uchun Ishonch) - bu BMT bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyada asos solingan xayriya tashkiloti hisoblanadi.

Ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilgan bu yilgi International Schools Essay Competition (Xalqaro Maktablar Insholar Tanlovi) ochiq deb e'lon qilindi. Tanlov mavzusi - "Tengsizlik muammolarini hal qilish iqlim inqiroziga qarshi qanday yordam beradi?"

Tanlov o'quvchilarning iqtisodiy, gender, irqiy va boshqa shakldagi tengsizlik muammolarini hal qilish global iqlim inqiroziga qarshi qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi fikrlarini bilish maqsadida tashkil etilgan. Insholar ingliz tilida qabul qilinadi.

O'quvchilar mavzuga erkin yondashishi mumkin. Ularga har xil turdagi tengsizlik muammolarini o'rganish va ko'rib chiqish, o'z shaxsiy qarashlari va tajribalaridan foydalangan holda o'z fikrlari va tasavvurlarini jonlantirish tavsiya etiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda istalgan davlatning maktab o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlov 2 xil toifada o'tkaziladi:
    • Boshlang'ich maktab o'quvchilari (Primary students): 7-11 yosh
    • O'rta maktab o'quvchilari (Secondary students): 12-17 yosh

Batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqish uchun rasmiy havola.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Bosh mukofot - Grand Prize Trophy;
  • Har bir mamlakatdan 2 nafar eng yaxshi insho egalari o'z mamalakatidan vakil sifatida “International Schools Debates”da ishtirok etishga taklif qilinadi;
  • Eng yaxshi 10 ta insho egalari maxsus medallar bilan taqdirlanadi;
  • Yakuniy boshqich ishtirokchilari va faxrli ishtirokchilar ro'yxati rasmiy saytda e'lon qilinadi;

Batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqish uchun rasmiy havola.

Topshirish jarayoni

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun maktabdan vakil sifatida o'qituvchi Teacher Champion sifatida ro'yxatdan o'tishi lozim.
  2. Ro'yxatdan o'tgan o'qituvchi 30 tagacha o'quvchilarining insholarini topshirishi mumkin.
  • Boshlang'ich maktab o'quvchilari (Primary Students) 400 so'zdan oshmagan;
  • O'rta maktab o'quvchilari (Secondary Students) 600 so'zdan oshmagan  insho yozishi lozim.

Hakamlar har qanday formatdagi o'ziga xoslik va ijodkorlik va muammo doirasida konstruktiv milliy yoki xalqaro munozaralarga o'zining hissasini qo'sha olish qobiliyatini izlaydi. Noyob va bahsli nuqtai nazarlar yuqori baholanadi. Shuningdek, baholash jarayonida har bir o'quvchining yoshi hisobga olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

O'quvchilar uchun insho mavzusiga doir foydali manbalar.

Muhim sanalar:

  • 09.09.2021 - ro'yxatdan o'tish boshlandi;
  • 09.09.2022 - insholarni topshirish uchun oxirgi muddat;
  • 01.03.2022 - final ishtirokchilar va faxriy o'rin egalari rasmiy saytda e'lon qilinadi;
  • 22.03.2022 - Bosh Sovrin egasi va eng yaxshi 10ta insho egalarini taqdirlash marosimi (online);
  • 11-12.07.2022 - International Schools Debate & Awards (online);
  • 13-16.07.2022 - Partner Power Summit (online).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 7, Max: 17

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Maktab o'quvchilari uchun "Trust for Sustainable Living" xalqaro insholar tanlovi
08 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.