Tavsif
“Jadid” gazetasi tahririyati Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab oʻquvchilari uchun “Jadid bobomga maktub” tanlovini eʼlon qiladi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi – 37 million soʻmni tashkil etadi.
Dasturdan maqsad maktab oʻquvchilari orasida Vatanga boʻlgan mehr-u muhabbat va sadoqatni kuchaytirish, milliy qadriyat va anʼanalar ruhini mustahkamlash, maʼrifatparvar jadid bobolarning ibratli faoliyatini mustaqil tahlil va talqin etishga chorlashdan iborat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.