Tavsif
Tadqiqot Akademiyasi tomonidan maktab oʻquvchilari va talabalar uchun 2 oylik tadqiqot dasturi taqdim etiladi.
Ushbu tadqiqot dasturi maktab oʻquvchilari va talabalarga tadqiqot jarayonini boshidan oxirigacha yaʼni mavzu tanlashdan jurnalda nashr qilishgacha oʻrgatadigan amaliy dastur boʻlib, odatda Akademiya bitiruvchilari dunyo boʻylab stipendiyalar, grantlar va turli imkoniyatlarga erishadilar.
Dastur davomida ishtirokchilardan iborat guruhlar tuziladi. Har bir guruhda 10 ta talaba iborat boʻladi hamda taʼlim, IT va Iqtisodiyot mavzularida mentorlar rahbarligida sessiyalar oʻtkaziladi.
Dastur davomida quyidagilar oʻrganiladi:
- 1-hafta — Tadqiqotga kirish;
- 2-hafta — Mavzu tanlash va adabiyotlarni koʻrib chiqish;
- 3-hafta — Kirish va metodologiya;
- 4-hafta — Natijalar, tahlil va muhokama;
- 5-hafta — Adabiyotlar va formatlash;
- 6-hafta — Amaliyot va tengdoshlar sharhi;
- 7-hafta — Jurnalga topshirish;
- 8-hafta — Natijalar va nashr.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.