Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun Qozogʻistonda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — School of Molecular and Theoretical Biology 2025
Qozog‘iston Qozog‘iston
30 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun Qozogʻistonda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — School of Molecular and Theoretical Biology 2025

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Yuqori sinf oʻquvchilari uchun molekulyar va nazariy biologiya boʻyicha Qozogʻistonda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — School of Molecular and Theoretical Biology 2025 taqdim etiladi. Dastur Zimin Foundation tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Yozgi maktab 2025-yilning 28-iyundan 14-iyuliga qadar Qozogʻistonning Ostona shahrida joylashgan Nazarboyev universitetida (NU) boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar uchun turar joy universitetning yotoqxonalarida tashkil etiladi.

Dastur irqi, rangi, dini, kelib chiqishi, jinsi, oilaviy ahvoli, yoshi va nogironligidan qatʼiy nazar barcha uchun ochiq va yozgi maktab davomida aynan shu xususiyatlar boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Kelib chiqishi va yoshidan qatʼi nazar barcha 8-11 sinf maktab va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz yoki rus tilini bilish talab qilinadi;
  • Nomzod chet elga chiqish imkonini beruvchi pasport va u yerda qolish imkonini beruvchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim. Baʼzi ishtirokchilardan viza ham soʻralishi mumkin.

Eslatma: Raqobat rus va/yoki ingliz tillarini biladigan nomzodlar uchun bir xil darajada oʻtkaziladi va qabul qilinganlar uchun yaratiladigan sharoit til bilish darajasidan qatʼiy nazar bir xil taqsimlanadi.

Chet elga chiqish imkonini beruvchi pasportni ariza topshirgandan keyin ham olish mumkin. Chunki dastur boshlangunga qadar nomzodda bu uchun yetarlicha vaqt boʻladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Turar joy, ovqatlanish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi;
  • Laboratoriya ishi uchun zarur boʻlgan barcha materiallar bilan taʼminlanadi;
  • Agar kerak boʻlsa, viza arizasi uchun toʻlov va eng yaqin viza xizmat koʻrsatish markaziga borish xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy yordam beriladi;
  • Dasturda ham onlayn ham oflayn usulda qatnashish mumkin.

Muhim: Moliyaviy yordamga muhtojlik koʻrsatilganda sayohat xarajatlari qisman yoki toʻliq moliyalashtirilishi mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali shaxsiy akkaunt yaratishlari kerak boʻladi. Shundan soʻng ishtirokchiga hujjat topshirish uchun email orqali link beriladi.
  • Ariza topshirishda nomzod koʻrsatgan boshqa shaxs tomonidan yozilgan qoʻllab-quvvatlash xati (letter of support) topshirilishi soʻraladi. Ushbu xatni asosiy ariza shaklini topshirishdan oldin ham yuborish mumkin.
  • Ariza topshirishda nomzodning taʼlim yutuqlari, ilmiy qiziqishlari va dasturda ishtirok etish uchun uni ruhlantirgan sababni tasvirlab berish kerak.

Maʼlumot uchun: Qoʻllab-quvvatlash xati (letter of support) — odatda grant taklifini toʻldirish uchun ishlatiladi va taklifning maqsadlari, usullari va potensial taʼsirini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha dalillarni taqdim etadi. Bunda nomzodning loyihaga shaxsiy aloqasini taʼkidlab, loyihaning ahamiyati va potensial afzalliklarini koʻrsatish kerak.

Muhim: Ariza rus yoki ingliz tilida topshirish kerak. Shuningdek, rus yoki ingliz tilida ovozli xabar (track) koʻrinishida ariza topshirishga ham ruxsat beriladi.

Arizalar nomzodning shaxsan oʻzi tomonidan toʻldirilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-dekabr, 2024-yil (05:00);
  • Qoʻllab-quvvatlash xati 2025-yil 5-maygacha topshirilishi mumkin;
  • Email: smtb@molbioschool.org;
  • Tel: +81-70-1478 0347;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun Qozogʻistonda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — School of Molecular and Theoretical Biology 2025
30 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.