Maktab va litsey o‘quvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Maktab va litsey o‘quvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Maktab va litsey oʻquvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi eʼlon qilindi.

Musobaqa ishtirokchilari Oʻzbekcha Vikipediyada Oʻzbekiston mavzusiga doir maqola yaratishlari kerak boʻladi. Musobaqaning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada Oʻzbekiston haqida keng qamrovli kontent yaratishdir.

Musobaqa 1-noyabrdan 30-noyabrgacha oʻtkaziladi. Musobaqada roʻyxatdan oʻtgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin, lekin sovrinlar uchun faqat maktab va litsey oʻquvchilari hujjat topshirishi mumkin. Gʻoliblar sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar, dastlab, Vikipediyadan roʻyxatdan oʻtishlar kerak;
  • Soʻngra, Oʻzbekiston mavzusiga doir yangi maqolalar yaratishlari kerak;
  • Shuningdek, Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan maktab va litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

  • 1-oʻrin — 3 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 2-oʻrin — 2 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 3-oʻrin — 1 000 000 soʻm va sertifikat.

Gʻoliblarga sovrinlar MChJ „Diplomat International School“ va Wikischool Uzbekistan tomonidan taqdim etiladi.

Topshirish jarayoni

Musobaqa qoidalari haqida batafsil:

  • Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnashishi mumkin;
  • Faqat maktab va litsey oʻquvchilari sovrinli oʻrinlar uchun ariza topshirishlari mumkin;
  • Sovrinlar uchun kamida 25 ta maqola yozgan ishtirokchilar ariza berishlari mumkin.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

  • Maqolalar Oʻzbekiston haqida yozilgan bo‘lishi;
  • Maqola muallif tomonidan yozilishi kerak;
  • Kamida 1 250 baytdan va kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart;
  • Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart;
  • Maqolada kamida 2 ta manba boʻlishi shart;
  • Maqola avtomatik tarjima qilingan matn (Google Translate, Yandex.Translate va hokazo) boʻlmasligi;
  • Maqolada „original tadqiq“, „betaraflik“, „manbasiz maqola“ va boshqa tanqidiy andozalar boʻlmasligi;
  • Maqola roʻyxat shaklida boʻlmasligi;
  • Maqola mazmunli boʻlishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov haqida batafsil rasmiy saytda tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Maktab va litsey o‘quvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi
29 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.