Maktab va oʻrta-maxsus taʼlimidagi oʻqituvchilar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan bir yarim oylik amaliyot — Fulbright TEA dasturi

Maktab va oʻrta-maxsus taʼlimidagi oʻqituvchilar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan bir yarim oylik amaliyot — Fulbright TEA dasturi

  • 10/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 20/02/2024 18:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qiladi.

Dasturda oʻrta maktab, jumladan, akademik litsey va kollejda toʻliq stavkada ingliz tili, matematika, tabiiy ijtimoiy fanlar, tarix, huquq, global tadqiqotlar, media tadqiqotlari, jurnalistika va kommunikatsiya kabi fanlar boʻyicha dars beruvchi oʻqituvchilar ishtirok etishi mumkin.

Dastur 2025-yil yanvar yoki sentyabr oyida boshlanadi va qabul qilingan ishtirokchilar 6 hafta davomida AQShning nufuzli taʼlim muassasalarida maxsus tashkil etiladigan seminar va darslarda ishtirok etadilar. Dastur davomida yangi o'qitish metodologiyalari, mazmunga asoslangan ta'lim, darsni rejalashtirish va o'qituvchilar uchun ta'lim texnologiyasini o'qitishga qaratilgan umumiy akademik seminarlar taqdim etiladi. Qo'shimcha amaliyot zarur bo'lgan o'qituvchilarga ingliz tilini intensiv o'qitish taklif etiladi. Dastur davomida ishtirokchilarga kerakli maslahat va yordam ko'rsatiladi.

Oʻqituvchilar tanlov asosida tanlangan universitetga joylashtiriladi. Dasturda media savodxonligi va tanqidiy fikrlashga qaratilgan mazmunga oid kurs ishlari kiradi. Shuningdek, dastur ishtirokchilari mezbon universitet yaqinidagi AQSh oʻrta maktabida ingliz tili, ijtimoiy fanlar, tarix, fuqarolik, aloqa, jurnalistika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha amerikalik hamkor oʻqituvchi bilan kamida 40 soatlik amaliyot oʻtaydilar. Dastur davomida qatnashchi oʻqituvchilar Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishadi, ularga darslarda foydalanish mumkin boʻlgan amaliy manbalar topish va media savodxonligi boʻyicha treninglar tashkil etishda kerakli maslahat va yordam koʻrsatiladi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilar kerakli oʻquv materiallari tayyorlash, boshqa oʻqituvchilar uchun treninglar tashkillash, shu bilan birga, AQSh va Oʻzbekiston maktablari oʻrtasida hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish uchun kichik grantlarga ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda oʻrta maktab, jumladan, akademik litsey va kollejda toʻliq stavkada ingliz tili, matematika, tabiiy ijtimoiy fanlar, tarix, huquq, global tadqiqotlar, media tadqiqotlari, jurnalistika va kommunikatsiya boʻyicha dars beruvchi oʻqituvchilar ishtirok etishi mumkin. Ushbu taʼlim muassasasi asosan mahalliy aholiga xizmat qilishi kerak;
  • Bakalavr darajasiga va dastur boshlangunga qadar kamida toʻliq 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. TOEFL 45-46 talab etiladi. Lekin nomzodlar ariza topshirayotganda TOEFL sertifikatini koʻrsatishlari shart emas. Saralangan yarim finalchilar uchun maxsus TOEFL imtihoni 2024-yil may oyida tashkil etiladi;
  • Dastur yakunlangandan soʻng oʻqituvchilar dars berishni davom ettirishlari shart;
  • Ariza topshirayotganda Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan boʻlishi lozim;
  • Taʼlim vazirligining vakillari yoki mansabdor shaxslari, ingliz tili boʻyicha xususiy repetitorlar va asosan chet elliklarga xizmat koʻrsatadigan maktablarning oʻqituvchilari ushbu dasturda qatnasha olmaydi;
  • Soʻnggi uch yil ichida Study of the United States Institutes (SUSI) yoki International Visitor Leadership Program (IVLP) kabi almashinuv dasturlarida ishtirok etganlar Fulbrayt TEA dasturiga ariza topshira olmaydi. Lekin Onlayn Professional English Network (OPEN) onlayn kurslari yoki Massive Open Online Courses (MOOCs) kabi onlayn dasturlarda ishtirok etganlar bu dasturda ham qatnashishlari mumkin.

Muhim: ushbu dasturda boshqa AQSh tomonidan tashkil etilgan dasturlar, jumladan, Fulbright dasturlarida qatnashmagan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Eslatma: Oʻrta taʼlim muassasasi oʻqituvchilari deyilganda, taxminan, 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarga xizmat koʻrsatadigan oʻrta maktab, jumladan kollej va akademik litsey oʻqituvchilari nazarda tutilgan. Nomzod qoʻshimcha ravishda undan katta yoki kichik yoshdagi sinflarga dars bergan taqdirda oʻrta maktab oʻquvchilariga berayotgan darsi umumiy darslarning 50% idan koʻprogʻini tashkil etishi kerak.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • AQShga borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari moliyalashtiriladi;
  • J-1 vizasi olishda koʻmaklashiladi;
  • AQShga joʻnashdan oldin Oʻzbekistonda safar oldi kerakli maʼlumotlar beriladi;
  • Ushbu akademik dasturda ishtirok etish toʻlovi moliyalashtiriladi;
  • Ishtirokchilar AQShdagi mezbon muassasa tomonidan kutib olinadi;
  • Agar zarur boʻlsa, pedagogik amaliyot oʻtaladigan maktabga qatnash uchun ichki transport xarajatlari qoplanadi;
  • Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik stipendiyaga ega boʻladi;
  • Kitob, oʻquv qoʻllanmalari va kasbiy rivojlanish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi;
  • Dastur yakunida Vashingtonda oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar kichik grantlarga ariza topshirish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi amallarni bajarishi lozim:

  • Avval onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va shaxsiy profil ochishlari kerak;
  • Kerakli maʼlumotlarni toʻldirish va ariza topshirishni yakunlash lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • Pasport nusxasi;
  • Shaxsiy fotosurat;
  • Tavsiyanoma;
  • Dasturda ishtirok etish uchun direktor nomidan ruxsatnoma va boshqalar.

Dasturga ariza topshirish yoʻriqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Toʻliq boʻlmagan ariza shakli qabul qilinmaydi;
  • Tavsiyanomalar maktab rahbari tomonidan berilishi, boshqa tilda boʻlgan taqdirda ingliz tiliga tarjima qilinishi shart;
  • Dasturda ishtirok etish ruxsatnomasi maktab direktori tomonidan berilishi kerak;
  • Fulbright TEA tashkiloti arizaga kiritilgan barcha maʼlumotlarni tekshirish huquqiga ega. Agar nomuvofiqlik mavjud boʻlsa yoki maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligi aniqlansa, ariza darhol haqiqiy emas deb topiladi va arizachi nomaqbul deb topiladi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar “Fulbright TEA” mavzusi bilan TashkentEnglish@state.gov manziliga yuborilishi lozim.

Tel: (+998-78) 120-5450, (+998-78) 140-2432

AQSh
Maktab va oʻrta-maxsus taʼlimidagi oʻqituvchilar uchun AQShda to'liq moliyalashtiriladigan bir yarim oylik amaliyot — Fulbright TEA dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar