Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda oʻqituvchilarning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovini eʼlon qiladi. Gʻoliblar diplom, pul mukofoti, monoblok va noutbuk bilan taqdirlanadi.
Tanlovda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ona tili va oʻzbek tili fani oʻqituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning asosiy maqsadi ona tili (milliy sinflarda), oʻzbek tili (davlat tili sifatida) fanlarini oʻqitishda eng samarali metodlarni qoʻllash orqali oʻzbek tilining davlat tili va ona tili sifatidagi mavqeyini oshirish hamda maktab jamoasida vatanparvarlikni, tilni milliy qadriyat sifatida asrab-avaylashga befarq boʻlmaslikni targʻib qilish hisoblanadi.
Tanlov 2023-yil 22-sentyabrdan 20-oktyabrga qadar oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.