Maktab/litsey/kollej oʻquvchilari uchun Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn ingliz tili darslari
O‘zbekiston O‘zbekiston
27 Dek, 2022 · Muddat tugagan

Maktab/litsey/kollej oʻquvchilari uchun Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn ingliz tili darslari

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Toshkentdagi Amerika markazi(ACT) Global Virtual Scool bilan hamkorlikda bepul onlayn ingliz tili kurslarini tashkil etmoqda. Darslar har hafta malakali ustozlar tomonidan olib boriladi. 

Mashg'ulotlar haqidagi qisqacha ma'lumotlar quyidagicha:

Darslarning boshlanish sanasi: 27-yanvar, 2023-yil.
Dastur darajasi: B1+
Dastur davomiyligi: 10 hafta, haftasiga 2 soatdan
Jadval: Har juma 15:00 dan 17:00 gacha
Yosh talabi: 14-18
Dasr o'tilish joyi: Tashkent Amerika Markazidan turib Zoom orqali

Majburiy sinov testlari 6-, 9- va 10-yanvar kunlari ACTda bo'lib o'tadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 14-18 yoshdagi Oʻzbekiston fuqarolari dasturga ariza topshira oladilar.
  • Talab etiladigan minimal daraja: B1

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 10 hafta mobaynida haftasiga 2 soatdan bepul dars olish;
  • Dars yakunida sertifikat beriladi.

Topshirish jarayoni

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2022-yil 28-dekabr

Eslatma: 

  • Talab etilgan barcha maʼlumotlar kiritilishi kerak. Ism, familiya va pasport raqami aynan pasportda yozilganidek boʻlishi lozim;
  • Tashrif buyuruvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi;
  • Agar nomzodning oʻzi yoki oilasining biror aʼzosi kasal boʻlsa, tashrifni boshqa kunga qoldirish soʻraladi. Elchixona kasal holatda kelganlarni markazga kiritmaslik huquqiga ega va ularga boshqa kuni roʻyxatdan oʻtishlarini maslahat beradi;
  • Markaz foydalanuvchilariga tashrifdan oldin COVID-19ga qarshi emlanishlarini tavsiya qilinadi;

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

O‘zbekiston Maktab/litsey/kollej oʻquvchilari uchun Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn ingliz tili darslari
27 Dek, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.