Tavsif
United World Colleges (UWC) birlashgan jahon kollejlari boʻlib, taʼlimni insoniyat, butun millat va madaniyatni tinch va barqaror kelajak uchun birlashtiradigan kuchga aylantiruvchi global harakat hisoblanadi. UWC yoshlarni, qaysi sohani tanlashlaridan qatʼi nazar, oʻz iqtidor va kuchini ijtimoiy oʻzgarish uchun sarflashga undaydi, yoshlarga bilim, koʻnikma va ishonch beradi.
Hozirda UWC jami 18 ta kollejni birlashtirgan boʻlib, ularda har yili 10.500 dan ortiq oʻquvchilar bilim oladi:
- UWC Changshu China (Xitoy);
- UWC Dilijan (Armaniya);
- UWC East Africa (Tanzaniya);
- UWC Red Cross Nordic (Norvegiya);
- UWC Maastricht (Niderlandiya)
- Waterford Kamhlaba UWC of Southern Africa (Estvatiniya);
- UWC Atlantic (Buyuk Britaniya);
- Li Po Chun UWC of Hong Kong (Xitoy);
- UWS-USA (Mexiko);
- UWC Adriatic (Italiya);
- UWC South East Asia (Singapur);
- UWC Mostar (Bosniya va Gersogovina);
- Pearson College UWC (Kanada);
- UWC Thailand (Tayland);
- UWC Robert Bosch College (Germaniya)
- UWC Mahindra College (Hindiston);
- UWC Costa Rica (Kosta-Rika);
- UWC Isak Japan (Yaponiya)
UWC kollejlarida oʻqish uchun dunyoning koʻplab mamlakatlaridan bilimli yoshlar oʻz davlatlarida saralash bosqichlaridan oʻtadi. Bugungi kunda dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida saralash komissiyalari tashkil etilgan.
UWC ga qabul qilingan talabalar IBDP — International Baccalaureate Diploma Programme dasturida oʻqiydilar. Bu bizdagi bakalavrga tayyorlov kurslariga toʻgʻri keladi va 2 yil davom etadi. Oʻqishni bitirgandan keyin beriladigan diplom Oʻzbekistondagi kollej yoki akademik litsey diplomlariga teng. Ushbu dasturda talablar quyidagi 6 sohadan birida oʻqishni tanlashlari mumkin boʻladi:
- Tilshunoslik va adabiyot;
- Til oʻrganish;
- Shaxs va jamiyat;
- Science, yaʼni ilmiy fanlar;
- Matematika;
- Sanʼat.
Ushbu 6 sohadan tashqari, IBDP dasturida quyidagi 3 ta asosiy kurslar ham mavjud:
- Insho yozish;
- Bilim nazariyalari;
- Kreativlik, faollik va xizmat koʻrsatish.
Bu haqida batafsil maʼlumot ushbu havolada berilgan.