Malayziya hukumati tomonidan magistratura bosqichida o‘qish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant dasturi - MTCP Scholarship 2026
Malayziya Malayziya
11 Iyn, 2026 · 13 kun qoldi

Malayziya hukumati tomonidan magistratura bosqichida o‘qish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant dasturi - MTCP Scholarship 2026

Magistratura To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

The MTCP Scholarship 2026 bu Malayziya hukumati tomonidan tashkillashtirilgan tanlov bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalarga mo‘ljallangan. Nomzodlar 24 oydan 36 oygacha mo‘ljallangan dastur davomida magistratura bosqichini o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Dasturda bakalavr bosqichi diplomi kamida CGPA 3.00 teng, til bilish sertifikatiga ega va 45 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar qatnashishlari mumkin. 

Dastur davomida nomzodlarning kontrakt xarajatlari qoplanadi va oylik 3,500 malayziya ringgiti (taxminan 809 dollar) miqdorida stipendiya beriladi. Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 4-maydan 12-iyungacha davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • MTCP Scholarship 2026 dasturi ro‘yxatiga kiruvchi davlatlar fuqarolari ariza topshirishlari mumkin, (O‘zbekiston ham ro‘yxatda mavjud);
  • Nomzodlar ariza topshirish vaqtigacha 45 yoshdan oshmagan bo‘lishlari lozim;
  • Bakalavr bosqichi diplomi CGPAsi kamida 3.00 ga teng bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilishlari va kamida IELTS 6 yoki TOEFL iBT 60 sertifikatiga ega bo‘lishlari zarur;
  • Bakalavr bosqichida ingliz tilida o‘qitiladigan fanni o‘qigan bo‘lishlari lozim. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Nomzodlarning kontrakt xarajatlari qoplanadi;
  • Talabalarga oylik 3,500 Malayziya ringgiti (taxminan 809 dollar) miqdorida stipendiya beriladi;
  • Malayziyaga borish kelish yo‘l xarajatlari qoplanadi. 

Topshirish jarayoni

  • Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 4-maydan 12-iyungacha davom etadi;
  • Dasturga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va quyidagi hujjatlarni topshirish lozim:
  1. Pasportning ma’lumotlari yozilgan beti;
  2. Diplom transkripsiyasi;
  3. Til sertifikati;
  4. CV;
  5. Tibbiy ko‘rik hisoboti;
  6. 2 ta tavsiyanoma;
  7. Taklif xati. 

Ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.

Tibbiy ko‘rik hisoboti namunasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin. 

Tavsiyanoma namunasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 455

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Malayziya Malayziya hukumati tomonidan magistratura bosqichida o‘qish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant dasturi - MTCP Scholarship 2026
11 Iyn, 2026
13 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.