Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
Malayziya Malayziya
25 Iyn, 2024 · Muddat tugagan

Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi

Magistratura +2 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Malayziya Hukumati tomonidan tashkil etilgan Malaysia International Scholarship granti magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish uchun butun dunyodan iqtidorli insonlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbus hisoblanadi. Hukumatning asosiy maqsadi ushbu grant orqali chet eldan Malayziyaga bilimli insonlar kelishini yanada ragʻbatlantirish, ularni mamlakatda saqlab qolish va natijada taʼlim sohasida eng koʻp akademik yutuqqa erishgan global markazlardan biriga aylanishdir.

Nomzodlar har qanday akkreditatsiyadan oʻtgan yoʻnalishlarga ariza topshirishlari mumkin. Quyidagi yoʻnalishlarga ariza topshiruvchilarga ustuvоrlik beriladi:

  • Education;
  • Arts and Humanities;
  • Social Sciences, Journalism and Information;
  • Business, Administration and Law;
  • Natural Sciences, Mathematics and Statistics;
  • Information and Communication Technologies;
  • Engineering, Manufacturing and Construction;
  • Agriculture, Forestry, Fisheries and Veterinary;
  • Health and Welfare.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Magistratura uchun yoshi 40 yoshdan va doktorantura uchun 45 yoshdan oshmagan xalqaro talabalar ariza topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar ushbu stipendiyani oluvchi mamlakatlar fuqarolari roʻyxatida boʻlishlari kerak (Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda bor);
  • Hozirda Malayziya davlat universitetlari va belgilangan xususiy oliy taʼlim muassasalarida magistratura va PhD bosqichlarini oʻqishni rejalashtirgan yoki tahsil olayotgan (oʻqish tugashiga kamida 2 semestr qolgan) nomzodlar ham hujjat topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar quyidagi akademik yutuqlarga erishgan boʻlishlari lozim:
    • Magistratura uchun bakalavr bosqichidagi GPA koʻrsatkichi 3,0 ball va undan yuqori boʻlishi kerak;
    • PhD uchun GPA koʻrsatkichi 3,0 ball boʻlishi va magistraturani aʼlo baholarga tamomlagan boʻlishi lozim;
    • Ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi:
      • IELTS 6.0 yoki undan yuqori;
      • TOEFL 550 yoki undan yuqori.

Eslatma: Yuqoridagi talablar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu havola orqali nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Butun oʻqish davri uchun kоntrakt toʻlovlari toʻliq toʻlanadi;
  • Yashash xarajatlari uchun oyiga 1,500,00 RM (318 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Topshirish jarayoni

  • Nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin (ariza shaklida soʻralgan barcha maʼlumotlar toʻldirilishi shart);
  • Ariza beruvchilar quyidagi majburiy hujjatlarni skanerdan oʻtkazib PDF formatida saqlashlari va onlayn ariza tizimiga yuklashlari kerak:
    • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
    • Akademik transkript(lar)ning tasdiqlangan nusxasi;
    • Bakalavriatning transkriptlari (PhD nomzodlari uchun magistrlik diplomi bilan birga);
    • Oldingi oʻquv dasturlari davomida olingan barcha kurslarning hisoboti;
    • GPA (agar boʻlmasa, taʼlim muassasasining reyting tizimini tavsiflovchi rasmiy hujjat);
    • IELTS / TOEFL natijasining tasdiqlangan nusxasi yoki olingan daraja(lar) uchun ingliz tilini oʻqitish vositasi sifatida eʼlon qilingan oldingi taʼlim muassasasining rasmiy xati;
    • 2 ta tavsiyanoma;
    • Malayziya universitetiga kirganlik haqida hujjat (agar nomzodlar hozirda magistratura yoki PhD bosqichida oʻqiyotgan boʻlsa);
    • CV;
    • Tadqiqot taklifi (kamida 1,000 ta soʻz).

Eslatma: Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tilda boʻlsa, hujjatlarning rasmiy tarjima qilingan nusxasi taqdim qilinishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura, PhD, Postdoktorantura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Muhandislik va texnologiya, Gumanitar fanlar, Huquqshunoslik va qonunchilik, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Taʼlim va tarbiya, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash, Jurnalistika va OAV

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 45

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Malayziya Malayziyada magistratura va PhD bosqichini grant asosida deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻqish uchun Malaysia International Scholarship dasturi
25 Iyn, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.