Malayziyada PhD bosqichini bepul o'qish imkonini beruvchi The University Malaya Excellence PhD Scholarship dasturi. Oylik stipendiya - 2,500 MR (~$601)
Malayziya Malayziya
28 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Malayziyada PhD bosqichini bepul o'qish imkonini beruvchi The University Malaya Excellence PhD Scholarship dasturi. Oylik stipendiya - 2,500 MR (~$601)

PhD To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Istalgan yo'nalish bo'yicha Malayziyada PhD bosqichini bepul o'qish istagida bo'lgan talabalarga Malaya universiteti (Universiti Malaya) eksklyuziv Excellence PhD Scolarship dasturini taklif qiladi. 

35 yoshdan oshmagan, ilgari hech qayerda PhD bosqichini o'qimagan va grant yutmagan barcha millat vakillari ariza berishi mumkin. Dastur to'liq va qisman grantlar taqdim etadi. To'liq grant yutganlarga oylik stipendiya, bepul o'qish imkoniyati berilsa, qisman grant yutganlar kontrakt pulidan ozod qilinadilar. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  1. 2021-yil 31-dekabrga qadar 35 yoshdan oshmagan bo'lish;
  2. Bakalavr diplomi yoki shunga teng hujjat (GPA 3.5 va undan yuqori) hamda migistrlik diplomiga ega  (GPA 3.70/4.00) bo'lishi lozim;
  3. Ingliz tilini bilish darajasini tadqilovchi hujjati bo'lishi (IELTS 6.5 yoki b.);
  4. Ilgari PhD bosqichini hech qayerda o'qimagan va boshqa grant/tashkilotlar stipendiyasini yutmagan bo'lish;
  5. Universitetga to'liq o'qiy oluvchi talaba sifatida qatnay olishi kerak.

Talablar bilan maxsus yo'riqnomada batafsil tanishish mumkin.

Dasturga qabul qilinganlar uchun ham maxsus talablar mavjud:

  • Talaba 7 semestr yoki 42 oy ichida o'qishni tugatishi;
  • Ilmiy rahbari bilan doimiy ishlashi va loyiha tayyorlashi;
  • O'qish davomida 2 ta ilmiy maqola, o'qishning yakunida esa 1 ta ilmiy maqola (jami 3 ta) chop etishi yoki kurs talabaidan kelib chiqqan holda bitirish uchun lozim bo'lgan barcha vazifalarni bajarishi;
  • To'liq imtiyoz yutganlar o'qishi 9 semestr/54 oyga cho'zilmasligi; yarim imtiyoz yutganlar esa 42 oydan o'tkazib yubormasliklari lozim. Aks holda, jarimaga tortiladilar.

Imtiyozlar va qulayliklar

Iqtidorli talabalarga quyidagicha imtiyoz ajratiladi:

  1. To'liq grant: 2,500 MR (~$601) oylik stipendiya, o'qish puli to'la qoplanadi.
  2. Yarim grant: o'qish puli to'la qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Arizalar ushbu havola orqali topshirilishi kerak. 

  1. Bakalavr va magistrlik diplomi nusxasi.
  2. Ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 6.5, TOEFL 73-93 yoki CEFR B2) nusxasi.

Yuqoridagi hujjatlar grant yutish uchun so'ralgan umumiy hujjatlar bo'lib, nomzod universitetga kirish hujjatlari va talablari, shuningdek, hujjat topshirish jarayonlari bilan batafsil bu yerda tanishib chiqishi lozim. 

Grantga ariza o'qish boshlangan paytda topshiriladi. Grant yutish nasib qilmagan taqdirda, kontrakt to'lovi talabaning o'zi tomonidan qoplanishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturning yakuniy natijalari 2021-yilning dekabr oyi oxirida e'lon qilishi rejalashtirilgan. 

Tel no. : +603-7967 6996/6999 

scholarship_aasc@um.edu.my

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Malayziya Malayziyada PhD bosqichini bepul o'qish imkonini beruvchi The University Malaya Excellence PhD Scholarship dasturi. Oylik stipendiya - 2,500 MR (~$601)
28 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.