Tavsif
Data Analytics Engineering (DAE) onlayn kursi AQSh davlati tomonidan eʼlon qilingan bepul kurs hisoblanadi. Dastur 2 bosqichda boʻlib oʻtadi. Birinchi bosqich noyabr oyidan boshlanib 14 hafta yaʼni 3 oy davom etadi va muvaffaqiyatli ishtirokchilar ikkinchi bosqichga taklif qilinadi. Dasturning ikkinchi bosqichi ham 3 oy davom etadi. Bu onlayn trening hisoblanib, darslar ingliz tilida olib boriladi. Kursda eng muvaffaqiyatli boʻlgan ishtirokchilar EPAM jamoasida ishlash imkoniyatini ham qoʻlga kiritishlari mumkin. Dastur davomida ishtirokchilar mentorlik loyihalarida ishtirok etishadi, treninglarda qatnashishadi va LinkedIn platformasining oʻrganish qismida cheksiz shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Kurs soʻnggida esa sertifikatlar taqdim etiladi.
Dasturda Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishlari mumkin. Nomzodlardan Relational Database Management System (DBMS) theory boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlish va Structured Query Language (SQL)ni tushunish talab qilinadi. Ishtirokchilar 1-noyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishlari lozim. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida ingliz tilini bilish boʻyicha sertifikat talab qilinmaydi, ammo nomzodlardan test olinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.