Tavsif
The University of Malta Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat fuqarolari uchun kontrakt xarajatlari 40 foizdan 100 foizgacha qopladigan to‘liq va qisman grantlarni tadqim etadi. Grant magistratura (tadqiqot asosida) va doktorantura bosqichida o‘qish uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar Malta universitetining Master by research and Ph.D. doirasida mavjud yo‘nalishlariga alohida ariza topshirishlari va qabul qilinishlari lozim. Shundan so‘ng, ushbu dasturga kontrakt xarajatlari qoplanishi uchun kerakli hujjatlar bilan birga elektron pochta orqali alohida ariza yuboriladi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 31-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.