Tavsif
Maʼlumotlar injiniringgi (Data engineering) bu maʼlumot toʻplash, oʻzgartirish va chop etish orqali qaror qabul qilish jarayonidir. Soha vakillari maʼlumotlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish, himoya hamda nazorat qilish bilan shugʻullanishadi. Ular xavfsizlik va muvofiqlik, masshtablilik va samaradorlik, ishonchlilik va sodiqlik, moslashuvchanlik va portativlikka eʼtibor qaratishadi.
Ushbu oʻquv dasturi Java, Python yoki Scala dasturlash tili boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlgan, maʼlumotlar injiniringgi sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni istagan iqtidorli yoshlar uchun ishlab chiqilgan. Dastur ikki bosqichda boʻlib oʻtadi. Kursning birinchi bosqichida ishtirokchilar mustaqil oʻqishadi va ushbu bosqich 3 oy davom etadi va haftada 12 soat shugʻullanishni talab qiladi. Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar ikkinchi bosqichda qatnashishadi va ushbu bosqich ham 3 oy davom etadi. Muvaffaqiyatlari qatnashchilar bilan intervyu oʻtkaziladi hamda EPAM jamoasiga ishga taklif qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar texnik sohani yakunlagan, dasturlash tili boʻyicha tajribaga ega boʻlishi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishlari lozim. Kurs davomida nomzodlar 3500 dan ortiq mutaxassislar bilan ishlash hamda karyeralarini rivojlantirish imkoniga ega boʻlishadi. Shuningdek, qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etiladi, mentorlik dasturlari va seminarlar oʻtkaziladi hamda LinkedIn dasturiga cheklanmagan aloqa bilan taʼminlanadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.