Tavsif
Maʼlumotlar muhandisligi va sunʼiy intellekt boʻyicha Yevropada oʻqish uchun grant dasturi — DEAI (Data Engineering and Artificial Intelligence) taqdim etiladi.
Ushbu dastur yuqori darajadagi, integratsiyalashgan xalqaro taʼlim dastur hisoblangan Erasmus Mundus Joint Master Programme dasturi boʻlib, bir nechta oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur butun dunyo boʻylab eng yaxshi magistratura talabalariga toʻliq grant taqdim etishga qaratilgan.
Grant dasturi quyidagi universitetlar tomonidan amalga oshiriladi:
- Universit´e Libre de Bruxelles (ULB), Belgiya;
- Universitat Politècnica de Catalunya (UPC), Ispaniya;
- Technische Universität Wien (TUW), Avstriya;
- Università degli Studi di Padova (UniPD), Italiya;
- Université Claude Bernard Lyon 1 (UCBL), Fransiya.
Dastur magistratura bosqichi uchun 2 yillik oʻquv yilini (2026-2028-yillar) oʻz ichiga oladi va toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.