MARIHE Erasmus Mundus 2027 — Yevropada oliy ta'lim yo'nalishida magistratura uchun toʻliq grant
Avstriya Avstriya
21 Sen, 2026 · 75 kun qoldi

MARIHE Erasmus Mundus 2027 — Yevropada oliy ta'lim yo'nalishida magistratura uchun toʻliq grant

Magistratura To‘liq taʼlim +2 To'liq moliyalash

Tavsif

MARIHE (Research and Innovation in Higher Education) — oliy ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalarni boshqarish hamda rivojlantirish sohasiga qiziquvchilar uchun moʻljallangan Erasmus Mundus qoʻshma magistrlik dasturidir. Ushbu dastur 2 yil (4 semestr, 120 ECTS) davom etadi va talabalarga hamkor Yevropa va Osiyo mamlakatlari universitetlarida tahsil olish hamda global tarmoq shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi.

Dastur davomida talabalar quyidagi mobillik bosqichlaridan oʻtadilar:

  • Birinchi semestr (Avstriya): University for Continuing Education Krems oliygohida oliy ta’lim tizimlari, boshqaruv va tadqiqot metodologiyasi kirish darslari;

  • Ikkinchi semestr (Finlyandiya): Tampere University oliygohida tashkilot nazariyasi, moliyaviy menejment va ijtimoiy chaqiriqlar boʻyicha darslar;

  • Uchinchi semestr (Ixtisoslashuv): Osiyo (Pekin/Xitoy yoki Patiala/Hindiston) va Yevropadagi (Avstriya, Finlyandiya, Germaniya, Vengriya yoki Portugaliya) hamkor universitetlardan birida ixtisoslashuv va butun dunyo boʻylab majburiy amaliyot oʻtash;

  • Toʻrtinchi semestr (Magistrlik dissertatsiyasi): Tanlangan ixtisoslashuv universitetida ilmiy ishni yakunlash.

Navbatdagi oʻquv yili 2027-yil sentyabr oyida boshlanadi va barcha mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:

  • Kamida 3 yillik bakalavr yoki unga tenglashtirilgan birinchi oliy ma’lumot darajasiga (eng kamida 180 ECTS) ega boʻlish;

  • Bakalavr darajasi istalgan soha yoki yoʻnalishda boʻlishi mumkin (hech qanday cheklov yoʻq);

  • Ingliz tilini akademik darajada bilish va quyidagi sertifikatlardan birini taqdim etish: IELTS Academic (kamida 6.5, har bir boʻlim 5.5 dan past boʻlmagan), TOEFL iBT (kamida 92), PTE Academic (kamida 62), Cambridge C1 Advanced yoki C2 Proficiency;

  • Oliy ta’lim va innovatsiyalarni boshqarish sohasiga nisbatan yuqori motivatsiya va qiziqishga ega boʻlish;

  • Soha boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlish majburiy emas, ammo oliy ta’lim muassasalarida ishlaganlik ustunlik beradi.

Dastur talablari haqida toʻliq ushbu havola orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning moliyaviy imtiyozlari va qoplanadigan xarajatlari:

  • Barcha qabul qilingan talabalar 18 000 yevro qiymatidagi oʻqish kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi;

  • Oylik stipendiya, safar va sugʻurta pullari ajratiladi;

  • Kam ta’minlangan va oilasida birinchi marta oliy ma’lumot olayotgan talabalar uchun qoʻshimcha maxsus yordam stipendiyalari mavjud;

  • Yevropa va Osiyoning bir necha nufuzli oliygohlarida oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyati;

  • Xalqaro muhitda tajriba orttirish va bitiruvdan soʻng nufuzli qoʻshma magistrlik darajasini qoʻlga kiritish.

Topshirish jarayoni

Dasturda hujjat topshirish quyidagi ikki bosqichdan iborat:

  1. 1-bosqich (Round 1): Nomzodlar onlayn ro’yxatdan oʻtishadi va 9 ta majburiy hujjatni toʻliq yuklaydilar. Ushbu bosqichning oxirgi muddati: 2026-yil 21-sentyabr, Toshkent vaqti bilan 13:00 (10:00 CEST);

  2. 2-bosqich (Round 2): Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar maxsus video taqdimot tayyorlab yuklashlari lozim. Ushbu bosqichning oxirgi muddati: 2026-yil 11-dekabr, Toshkent vaqti bilan 14:00 (10:00 CET).

Eslatma: Agar ingliz tili sertifikati natijasi rasmiy muddatgacha tayyor boʻlmasa, maxsus ruxsatnoma bilan sertifikatni kechroq topshirish imkoniyati koʻrib chiqilishi mumkin.

Dasturga hujjat topshirish haqida batafsil yoʻriqnomani ushbu havola orqali oʻrganishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash mezonlari:

1-bosqich (umumiy ballning 80%):

  • Akademik sifat — diplom va baholar (40%);
  • Motivatsiya va karyera muvofiqliği — motivatsion xat, CV va tavsiya xatlari (40%);
  • Shaxsiy koʻnikmalar — chidamlilik, hamkorlik, intellektual qiziquvchanlik va yetakchilik salohiyati (20%).

2-bosqich — Video taqdimot (umumiy ballning 20%):

  • Motivatsiya — oldingi oʻqish, faoliyat, ish tajribasi va kelajak rejalari (50%);
  • Muloqot va oʻzini taqdim etish qobiliyati (50%).

Muhim sanalar:

  • 1-bosqich ariza muddati: 2026-yil 21-sentyabr, soat 10:00 CEST;
  • 2-bosqich video muddati: 2026-yil 11-dekabr, soat 10:00 CET;
  • Dastur boshlanishi: 2027-yil sentabr.

Shikoyat tartibi: Saralov natijasi yuborilgan sanadan 10 kun ichida yozma shikoyat berish mumkin. Shikoyat faqat protsessual xatolar yuzasidan boʻlishi va imzolangan qogʻoz yoki skan shaklida marihe@donau-uni.ac.at manziliga yoki pochta orqali MARIHE Kotibiyatiga yuborilishi kerak.

Tashkilotchilar bilan bogʻlanish:
MARIHE Kotibiyati: marihe@donau-uni.ac.at
Javob muddati: 3 ish kuni ichida.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim, Amaliyot, Tadqiqot

  • Daraja

    Magistratura

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash, Stipendiya, Bepul o'qish

  • Format

    Offlayn

  • Davomiylik

    Uzoq (1-2 yil)

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

  • Soha

    Innovatsion boshqaruv, Davlat boshqaruvi, Xalqaro aloqalar, Ta'lim, Ta'lim tadqiqotlari

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Avstriya MARIHE Erasmus Mundus 2027 — Yevropada oliy ta'lim yo'nalishida magistratura uchun toʻliq grant
21 Sen, 2026
75 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.