Tavsif
“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida yoshlar oʻrtasida “Pulingizni himoya qiling, kelajagingizni taʼminlang” mavzusidagi videoroliklar tanlovi oʻtkaziladi. Tanlov Markaziy bank tomonidan oʻtkazilib, ishtirokchilar yaratgan informatsion videoroliklar orqali raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirish, moliyaviy qarorlarni qabul qilishda moliyaviy barqarorlik, shaxsning moliyaviy kelajagi uchun individual moliyaviy xatti-harakatlarning oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish koʻzda tutilgan. Ushbu tanlovda yoshlarning erta yoshdan boshlab moliyaviy bilimlardan xabardor boʻlib, toʻgʻri moliyaviy qarorlar qabul qila olishlarining asosiy afzalliklari hamda mohiyatini ochib bergan eng yaxshi videorolik aniqlanadi. Tanlovda 17-21 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Tanlov ishlari 2024-yil 4-martdan 1-aprel kuni soat 12:00 gacha qabul qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.