Markaziy bankdan yosh tadqiqotchilar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
03 Iyn, 2026 · Muddat tugagan

Markaziy bankdan yosh tadqiqotchilar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi

Amaliyot Stipendiya

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqot stipendiyasi dasturi” boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Dastur yosh tadqiqotchilarni iqtisodiyot va moliya sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy izlanish olib borishga jalb etish hamda ularning amaliy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadqiqot mavzulari Markaziy bankning asosiy vazifalari, strategik maqsadlari va ustuvor tadqiqot yoʻnalishlari, global iqtisodiy, moliyaviy va texnologik tendensiyalar, shuningdek, moliya-iqtisod sohasidagi dolzarb muammolar va yangi fenomenlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim.

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan tadqiqot mavzusining murakkabligiga asosan 3 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatga shartnoma tuziladi.

Maʼlumot uchun: Mazkur dastur Markaziy bankning ilmiy-tahliliy salohiyatni rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda iqtisodiy siyosat boʻyicha dalillarga asoslangan yondashuvni kengaytirish borasidagi tashabbuslaridan biridir.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda magistratura talabalari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Magistratura bosqichi talabalariga 7,620,142 soʻm, doktorantura bosqichida ilmiy izlanish olib borayotganlarga 8,568,102 soʻm miqdorida stipendiya beriladi;
  • Markaziy bankning ichki statistik maʼlumotlaridan foydalanish;
  • Tadqiqot natijalarini Markaziy bank seminar va konferensiyalarida taqdim etish;
  • Tadqiqot xulosalarini amaliyotda qoʻllash imkoniyati taqdim etiladi.

Muhim: Magistratura bosqichida taʼlim olayotgan tanlov gʻoliblariga stipendiya davlat oliy taʼlim muassasalaridagi assistent-oʻqituvchining oylik maoshi miqdorida, doktorantura bosqichida ilmiy izlanish olib borayotgan tanlov gʻoliblariga katta oʻqituvchining oylik maoshi miqdorida beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar nurbekomonov@cbu.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Tarjimai hol yoki rezyume;
  • Tadqiqot savollari va maqsadi aniq koʻrsatilgan ilmiy tadqiqot rejasi;
  • Dastur davomida bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning oyma-oy reja-grafigi;
  • Oldin chop etilgan ilmiy maqolalar (agar mavjud boʻlsa).

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 3-iyun 2026-yil (18:00);
  • Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi, 6;
  • Aloqa telefon raqami: (+998 71) 212-62-05;
  • Ishonch telefoni: (+998 71) 200-00-44.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Markaziy bankdan yosh tadqiqotchilar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi
03 Iyn, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.