Tavsif
Online Museum of Central Asian Women dasturi tarix, sanʼat, siyosat, taʼlim va ilm-fan sohalarida Markaziy Osiyo davlatlari hisoblanmish Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston ayollarining roli va ahamiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Dasturda Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan ingliz tilini biladigan istalgan jins va yosh vakillari qatnashishlari mumkin. Dasturda qatnashchilar oʻzlari, opa-singillari yoki buvilari haqidagi hikoyalarni boʻlishishlari mumkin boʻladi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan boʻlgan tajribali jurnalistlar bilan 2024-yil 22-iyuldan 4-avgustgacha ikki hafta mobaynida onlayn mentorlik darslari olish imkonini qoʻlga kiritishadi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 18-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.