Markaziy Osiyo davlatlari uchun Google Clouddan bepul taʼlim
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Apr, 2023 · Muddat tugagan

Markaziy Osiyo davlatlari uchun Google Clouddan bepul taʼlim

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Endilikda Markaziy Osiyo, Moʻg‘uliston va Afg‘onistondagi Google Developers hamjamiyati a’zolari Google Cloud/Machine Learning’ni bepul oʻrganishlari mumkin.

Kurs ishtirokchilarini Gʻarb kompaniyalaridagi mutaxassislarning haqiqiy vazifalarini ifodalovchi laboratoriya ishlari va amaliy tadqiqotlar kutmoqda.

Har bir oʻquv kvestidan (yoki laboratoriya ishidan) soʻng, koʻnikmalarni tasdiqlovchi nishon beriladi. Sertifikat olish uchun siz 5 ta nishonni jamlashingiz kerak boʻladi.

Eng koʻp nishonlarini qoʻlga kiritgan 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar IT Park Uzbekistan, Qirgʻiziston dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiquvchilar uyushmasi, Astana Hub, MOST Hub Almaty, Digital Business, ER10 Media va boshqalar kabi hamkor kompaniyalarda kafolatlangan amaliyotga ega boʻladilar.

Eng yaxshi ishtirokchilar roʻyxati har ikki haftada dastur veb-saytida yangilanadi.

Iyul va noyabr oylarida Markaziy Osiyodagi eng koʻp nishonlar toʻplangan shaharda taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtadi.

 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dastur data-muhandislari va data-scientist mutaxassislari, axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar, backend dasturchilari va boshqalar uchun foydali boʻladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng koʻp nishonlarini qoʻlga kiritgan 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar IT Park Uzbekistan, Qirgʻiziston dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiquvchilar uyushmasi, Astana Hub, MOST Hub Almaty, Digital Business, ER10 Media va boshqalar kabi hamkor kompaniyalarda kafolatlangan amaliyotga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

Dasturdan ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari uchun Google Clouddan bepul taʼlim
29 Apr, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.